Noqonuniy tonirovka uçun 5 mln söm jarima belgilandi
Noqonuniy tonirovka uçun 5 mln söm jarima
Köpçilikning xabari böldimi yoki yöq, bilmadimu, 2 kun oldin kuçga kirgan qonunga binoan, maxsus ruxsatnomasiz maşinasi oynalarini tonirovka qilgan hamda haydovçining örnidan tevarak-atrofni körişni çeklaydigan qöşimça narsalar örnatilgan (masalan, orqa yon oynalarga pardalar) bölsa, jarima jazosi EKIH 25 barobari (5 mln söm) etib belgilandi.
Ilgari uşbu iş uçun jarima miqdori atigi EKIH 1 barobari (202 730 söm). Demak, jarima 25 barobarga oşirildi.
Xuddi şu qoidabuzarlik maʼmuriy çora qöllanilgandan söng bir yil içida takroran sodir etilsa, jarima miqdori EKIH 40 barobari (8,1 mln söm) etib belgilandi. Avval 2 “minimalka” (405 ming söm) edi.
Bunday jarima tölamaslik uçun maxsus ruxsatnoma asosida orqa oynani 95 foizgaça, orqa yon tomon oynalarini 70 foizgaça qoraytirişingiz mumkin, lekin buning uçun jismoniy şaxslar EKIH 90 barobari (18,2 mln söm), yuridik şaxslar uçun 120 barobar (24,3 mln söm) tölaşi kerak. Va bu tölov faqat 1 yil uçun. Keyingi yil uçun yana şunça tölov qiliş lozim böladi.
Qonunçilikda yöl harakati qoidalarini buzganligi uçun bunaqa katta jarimalar unça köp emas. Keling ularni körib çiqamiz:
25 barobar miqdorida (5 mln söm):
• 1 yilda 3 martadan köp belgilangandan 20 km/s tezlikni oşirsa;
• 1 yilda 2 martadan köp belgilangandan 20-40 km/s tezlikni oşirsa;
• 1 yilda takroran belgilangandan 40 km/s dan ortiq tezlikda yursa;
• alkogolli içimlikdan, giyovand modda taʼsiridan yoki özgaça tarzda mast holda maşina boşqariş;
• mast şaxsga maşina boşqarişni topşiriş;
• oynalarni beruxsat tonirovka qiliş yoki yon oynalarga parda örnatiş.
30 barobar miqdorida (6 mln söm):
• transport vositasini boşqariş huquqi bölmagan şaxsning mastligi yoki mast emasligini aniqlaş uçun tekşiruvdan ötişdan böyin tovlaşi;
• yöl-transport hodisasi qatnaşçilarining hodisa yuz bergan joydan ketib qolişi.
40 barobar miqdorida (8,1 mln söm):
• transport vositasini boşqariş huquqi bölmagan şaxsning mast holda maşina haydaşi;
• 1 yil içida takroran oynalarni beruxsat tonirovka qiliş yoki yon oynalarga parda örnatiş.
Ortiqça izoh bermoqçi emasman, qoidabuzarliklarning xavflilik darajasini soliştiringda, özingiz uçun xulosa qilib olavering.
P.S.: Kunduzi çiroq yoqib yuriş qoidasi bizning şaroitga töğri kelmasligi haqida gap ketganda quyoşli yurt ekanligimiz, ayniqsa yoz oyida kuçli jazirama bölişi alohida taʼkidlanmoqda.
Lekin köpçilik jazirama issiqda maşina salonini issiqdan himoya qilmoqçi bölgan haydovçilar nima qilsin, 5 mln söm jarima tölasinmi yoki 18 mln sömga 1 yillik huquqni sotib olsinmi, demayapti.
Ijtimoiy tarmoqlarda kunduzi çiroğini yoqmaganligi uçun 101 ming söm jarimani “otning kallasiday” deb baholaşyapti, unaqada orqa yon tomoniga çiy parda yoki darparda örnatganlarga 5 mln söm jarimani nimaning kallasiga öxşatsa böladi? Kit yoki filnikigami?
Deputatlar bu haqida ham TVda gapirişarmikin, şunçaki qiziq...
👉 @xushnudbek 👈

