Özbekiston havo yöllari içki reyslar narxini oşirdi
Noming öçsin, monopoliya
Keça bloger @kurbanoffnet öz kanalida «Özbekiston havo yöllari» tomonidan içki reyslar uçun bilet narxlari oşirilganini tasodifan bilib qolgani, masalan, 4-may kuni Toşkent-Urganç reysi böylab Y klassda 461 ming söm evaziga parvoz qilgan bölsa, endilikda xuddi şu klass uçun bilet narxi 887 ming söm etib belgilangani haqida yozdi. Bu degani ÖHY ayrim klasslar uçun bilet narxlarini salkam 2 barobarga oşirgan!
Blogerning aytişiça, eng yomoni bu haqida monopol kompaniya heç qanday xabar bermagan. Na özining rasmiy saytida, na boşqa OAVlarda. Albatta-da, nima uçun ular xabar berişi kerak? Axir özi xon, kölankasi maydon bölsa. Istagan payti, istagan narxini qöya olsa. Axir qiziqqon-da u! Monopol-da u!
Isteʼmolçilar huquqi, deysizmi? A, nima? Nima u? Yeydigan narsami? Monopol taşkilotlarni isteʼmolçilar mutlaqo qiziqtirmaydi. Bunga juda köp misollar keltiriş mumkin. «Yoqsa şu, yoqmasa katta köça» prinsipida işlaşadi.
Vaholanki, «Tabiiy monopoliyalar töğrisida»gi Qonunining 7-moddasida vakolatli organning narxlar (tariflar) böyiça qarori tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ular kuçga kirişidan kamida ön beş kun avval ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi, deya belgilangan.
ÖHY esa bu haqida narxlar oşirib bölingandan keyin, bugun Gazeta.uz sayti orqali xabar bermoqda. Agar bloger Kurbanoff bu haqida yozmaganida balki heç qaçon xabar berişmagan ham bölarmidi, kim bilsin. Öraga siçqon tuşdi, guldur-gup degan naqlni juda yaxşi körişadida bu monopollarimiz.
Kompaniya nima uçun qonunlarga va xalqqa (isteʼmolçilarga) bu darajada hurmatsizlik qilganligi haqida biror rasmiy tuşuntiriş (uzr söraş demayman, mayli) berarmikin?
Aytgança, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasidan esa «Suvsoz» bilan boğliq voqeadagiga öxşagan tezkor munosabat kutib qolamiz.
👉 @xushnudbek 👈

