Aviabiletlar narxi böyiça sörovnoma natijalari
Turli manfaatlar töqnaşgan va ayniqsa muhokama qilinayotgan muammo bir çetda qolib, bir tomon ikkinçi tomonning şaxsiyatiga ötiladigan mavzularga aralaşgim kelmaydi.
Lekin muammo aslida bor va sezilarli darajada katta ekanligini keça ötkazilgan sörovnomadan (t.me/xushnudbek/2666) ham köriş mumkin. Unda salkam 20 ming kişi qatnaşdi hamda 75% ovoz beruvçilar «Özbekiston havo yöllari» aviakompaniyasining biletlari narxi JUDA QIMMAT deb hisoblamoqda.
Respondentlarning 16% i esa SAL QIMMAT degan javobni tanlagan. Demak, umumiy hisobda 91% (!!!) ovoz beruvçilar milliy aviakompaniyamizning biletlari narxi qimmatligidan norozi.
Şuningdek, 6% - el qatori, 2% - juda arzon, 1% - sal arzon degan javoblar berildi.
Savolni takrorlaymiz: nima uçun aviabiletlar narxi bunça qimmat?
👉 @xushnudbek 👈


