Toşkentda buxanka non narxi erkinlaştirildi
Otabek Bakirov: «30 yillik keçikiş oqibatlariga qarşi davo yana keçiktiriş emas»
Bugundan boşlab Toşkent şahrida buxanka non narxlarining erkin bozor munosabatlariga ötişi, aniqroq aytganda narxining oşişi munosabati bilan ijtimoiy tarmoqlarda köplab munosabatlar bildirilmoqda. Aslida boşqa barça viloyatlarda 3 yil oldin buxanka narxi bozor munosabatlariga ötib bölgan, faqat Toşkent şahridagina davlat subsidiyasi hisobiga arzon buxanka nonlar saqlanib turgan bir vaziyat haqida iqtisodçi Otabek Bakirov öz munosabatini bildiribdi. Uşbu postni töliğiça havola qilaman:
«Sobiq sovet ölkalari orasida bozorga ötiş tomon harakatini boşlagan, lekin pirovardiga hali yetib borolmagan davlatlardan biri, afsuski - bu Özbekiston.
Bozorga heç qaysi davlat biz kabi uzoq muddat davomida ötmagan bölsa kerak, şuning uçunam oğriqlarimiz heç tugay demaydi. Narxlarni erkinlaştirişga boşqa davlatlar 1992-yil 1-yanvarda kirişib, 1996-1999-yillarda bozorga ötiş yakunlangan bölsa. biz 1994-yildan beri şu yöldamiz. Qançalar ehtiyotkor, sekin harakatlanganimiz sayin, islohotlarning oğriqlari şunça uzoqqa çözilmoqda. Ikkinçi avlod şu oğriqlar bilan yaşamoqda. Bu ketişda, xudo körsatmasin, yana ortga çekinişlar bölsa, uçinçi avlod ham islohotlar zaruriyati haqida çaqiriqlar bilan, lekin bozor islohotlariga jurʼat qilolmay arosatda yaşaşda davom etadi. Tovon esa oşib boraveradi. Teskari taşviqot kuçayaveradi.
Heç qursa Gruziya yo Qozoğistondagidek yaşaşni hamma istaydi, jon boşiga 4000 dollarlik daromadlarni hamma xohlaydi. Odamlar tuşunişi kerakki, Gruziyadek, Qozoğistondagidek örtaça yaşaş tarziga yetib boriş uçun ular ötkazgan islohotlarga, qançalik oğir bölmasin, qadam bosişimiz kerak.
Köpçilik hozir eslamaydi. Toşkentdan daromadi 2-3 barobar daromadi kamroq Namangan, Farğona yoki Xorazmda buxanka non allaqaçon bozor narxiga ötib bölgan. 3 yil böldi bunga. Öşanda ham vahima kötarganlar buxanka non yeydiganlar bölmagan. Bozordagi eng qimmat yoğli patir non yeydiganlar köproq şovqin solişgandi. Çunki buxanka non isteʼmol qiladiganlar uçun davlat kompensatsiya tizimini ortiği bilan işga tuşirgandi. Bu safar ham ijtimoiy yordam kanallari (pensiya va maoş indeksatsiyasi, kompensatsiya, bir martalik tölovlar) işga tuşmoqda. Kerak bölsa yana yordam körsatiladi. Mening işonçim komil, isteʼmoli buxanka non bölgan aholi toifasi himoyasiz qolmaydi.
Ha, "Arzon non va xalqqa tomoşa" siyosati bilan ham yaşaş mumkin, davom etiş mumkin. Qadimgi Rimdan maʼlum bunday usul. Özingizga savol bering, röşnoligimizning çegarasi şu bölişiga rozimisiz? Keça tarmoqda "köp savol bermayotganimiz uçun gaz va svetni qoldirişsa bölardi" deb yozib qolişdi. Özbekistonliklar köproğiga munosib. Arzon, lekin özi yöq gaz va svet soqovligimiz uçun tölov deb qabul qilişga masalan, men rozi emasman.
Faqat Toşkentda qolgan arzon non yoxud özi yöq arzon elektr va özi yöq arzon gazning tölovini 30 yil töladik. Tölovini kimga tölayotganimizni bilmay töladik va özimizni özimiz aldab yaşadik. Endi yana ayirğiç oldida turibmiz.
Mening hukumatga qanaqadir ortiq simpatiyalarim yöq. Lekin hozir, aynan narxlarni erkinlaştiriş masalasida fikrimiz öng kelib qolganidan tuşunamanki, boşqa iloj endi qolmagan, endi boşqa çözib bölmaydi. Narxlarni erkinlaştiriş islohotini boşlayotganlarni olaböji, jallod ölaroq körsatişga urinayotganlar ham yöq emas. Ha bu arzon obrö, şuhrat, boring ana yaxşigina manfaat ham keltiradi. Lekin hozir işoniş kerakki, ular jallod emas, jarroh. Kimdir, qaçondir şu işni qilişi kerak edi va ular şu işni boşlaşdi. Endi ularga ozgina qöllov va ozgina dalda kerak, juda bölmaganida esa sabr» — deb yozadi Otabek Bakirov.
Post tugadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1390



