Pulli tonirovka – adolatsizlikmi yoki mantiqsizlik
Pulli tonirovka – adolatsizlikmi yoki mantiqsizlik?
Kun.uz saytida hamkasbimiz Dilşod Abduqodirovning şu nomdagi yaxşi maqolasi eʼlon qilinibdi. Öqişni tavsiya etaman.
Maqolaning bir jihati eʼtiborimni tortdi. Vazirlar Mahkamasining tonirovkaga pulli asosda ruxsat beriş haqidagi qarorining asosiy maqsadi sifatida 2 ta asos körsatilgan:
• transport vositalari haydovçilari uçun qulay şaroitlar yaratiş;
• respublika hududiga taşrif buyuradigan turistlar uçun qulay şaroitlar yaratiş.
Maqsadning oliyligini qarang. Qulay şaroit yaratişmoqçi emiş. Endi 1 yillik tonirovka narxini qarang:
• jismoniy şaxslar uçun — EKIH 90 baravari (18 245 700 söm);
• yuridik şaxslar uçun — EKIH 120 baravari (24 327 600 söm);
• Özbekistonda faoliyat körsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik şaxslari uçun — EKIH 140 baravari (28 382 200 söm) miqdorida belgilandi.
Bu narx 1-avgustdan yana kötariladi:
• jismoniy şaxslar uçun - 20 mln söm;
• yuridik şaxslar uçun - 26 mln 760 ming söm;
• xorijiy taşkilotlar uçun - 31 mln 220 ming söm.
Şunaqa narx belgilab, tağin qarorning maqsadiga «haydovçilarga qulaylik yaratiş» deb yoziş naqadar mantiqsizlik va kezi kelganda vijdonsizlik ekanligini özingiz bilib olavering.
Maqolada boşqa jihatlar ham bayon qilingan, öqib çiqsangiz, özingiz guvohi bölasiz.
P.S.: eng qiziği nima, aytaymi? Boş vazir va uning örinbosarlari, Içki işlar vaziri va uning örinbosarlari, YHXBB boşliği va uning örinbosarlari tonirovka qilingan, konditsionerlari yoqilgan şinam avtomaşinalarda yurişadi (xalqni puliga, albatta). Va şu sababdan ijtimoiy tarmoqlardagi tonirovka yoki parda masalasida kötarilgan gap-sözlarga esa quyidagiça reaksiya berişsa kerak, hoynahoy: «Xalqimiz juda noşukur bölib ketyaptida, mana, maşina içi salqin, quyoş nuri ham tuşmaydi-ku, nimaga bunça dod-voy qilişadi, hayronman».
Balki unaqa öylaşmas, kim bilsin tağin...
❗️Aytgança, hurmatli oddiy fuqarolar (tonirovkali xizmat maşinasida yurmaydigan), Favqulodda vaziyatlar vazirligi şu kunlarda anomal issiq haqida ogohlantirgan, mana bu yerda Soğliqni saqlaş vazirligining jazirama issiqdan himoyalaniş böyiça tavsiyalari bor, şularga amal qiliş esdan çiqmasin. Soğliğingiz birovlarga (rahbarlarga) kerak bölmasa ham, özingizga va yaqinlaringizga kerak. Qöpol qilib aytganda, özing uçun öl, yetim.
👉 @xushnudbek 👈

