Deputatlar avtomobil oynalarini qoraytiriş böyiça taklif berdi

Matn18-iyul, 2019, 18:202 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Deputatlar avtomobil oynalarini qoraytiriş masalasini qanday hal qilmoqçi?

Özbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi aʼzolari fuqarolarni qiynayotgan uşbu masala yuzasidan, aholi fikrlari, ijtimoiy tarmoqlardagi munosabatlar va mutasaddi vazirlik pozitsiyasini örganib, ham xalq manfaatlari, ham xavfsizlik talablarini inobatga olgan holda, öz takliflarini işlab çiqdi.

Qayd etilganidek, bugungi kunda avtotransport vositalariga ehtiyot qismlari bilan savdo qiliş dökonlarida termal plyonkani uçratiş mumkin. Uşbu plyonka bir munça şaffof bölib, uning asosiy vazifasi avtomobil salonini quyoşning ultrabinafşa nurlaridan saqlab, jaziramada isib ketişini bir munça kamaytiradi.

Şuningdek, yiğilişda haydovçi va yölovçilar uçun qulayliklar yaratiş maqsadida taklif etilayotgan termal plyonka bilan qoplangan avtomabil oynalarining bir neçta namunalari körgazmali körinişda taqdim etilib, ularning afzalligi va qulayliklari böyiça yiğilganlarga batafsil axborot berildi.

Taqdim etilgan namunalardan köriş mumkinki, termal plyonka özining xususiyatiga köra, tonirovka plyonkasidan ança ustunlikka ega va haydovçilar uçun ham yon-atrofni körişga xalaqit bermaydi. Eng asosiysi, transport vositasining içidagi şaxslar taşqaridan bemalol körinadi va heç kimning xavfsizligiga daxl qilmaydi.

Deputatlarning uşbu taşabbusini yiğilişda hozir bölgan Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimlari, Davlat yöl harakati xavfsizligi va “Özstandart” agentligi mutaxassislari qöllab-quvvatlaşdi va bu orqali fuqarolarimizga avtomobildan foydalanişlari uçun qulay şart-şaroit yaratilişi taʼkidlandi.

Deputatlar eʼtirof etganidek, uşbu masalada muammoning yeçimi sifatida Hukumat qaroriga tegişli özgartiriş kiritişni nazarda tutuvçi taklif tayyorlanmoqda. Yaʼni, Yöl harakati qoidalarining 3-ilovasi 7.4-bandiga muvofiq, transport vositasining old, yon va orqa oynalarining yoruğlik ötkazuvçanligi 70 foizdan kam bölsa, undan foydalaniş taqiqlanişi belgilangan normani qayta körib çiqiş maqsadga muvofiq. Unga köra, mamlakatimizda uşbu 70 foiz çeklovi 15 foizga, yaʼni 55 foizgaça tuşirilsa, haydovçilar bemalol termal plyonkadan foydalanişi mumkin böladi. Bu esa, nafaqat yölovçilarga, balki, haydovçilarga ham afzalliklar tuğdiradi. Deputatlar, şuningdek, uşbu amaliyotni jamoat transportlarida ham qöllaş mumkinligi taklifini ilgari surişdi.

Bildirilgan fikr-mulohazalar va muhokamalardan söng mazkur masala yuzasidan fraksiyaning takliflarini Vazirlar Mahkamasiga yuborişga kelişib olindi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing