Xorijiy OTMlarda öqiş va diplomni tan oliş tartibi
Xörozqand çet elniki desa...
Sönggi kunlarda xorijiy OTMlarda, ayniqsa qöşni Qozoğistondagi OTMlarda öqiş haqida köplab savollar berilmoqda. Şularni jamlab, umumiy javob beraman.
👉 Qozoğistonning heç qaysi OTMning Özbekistonda filiali yöq! Surxondaryoda ham, Toşkentda ham, Buxoroda ham. Umuman heç qayerda Qozoğiston OTMining filiali röyxatdan ötmagan. Agar kimlardir biz filialimiz degan bölsa, ular firibgarlar.
👉 Özbekistonda hujjat qabul qilayotgan barça firmalar şunçaki tadbirkorlar xolos. Ularning maqsadi foyda oliş, qança köp mijoz olib borsa, şunça daromad olişadi. Masalan, Siz ham bitta firma oçib şu iş bilan şuğullanişingiz mumkin.
👉 Ularning iş uslubi köp ham murakkab emas. Öziga çaqiruvçi eʼlonlar berişadi, mijozlarni (abituriyentlar) töplab, hujjatlarini xorijdagi OTMga topşiradi va yana ayrim kiçik texnik, konsultativ işlarni bajaradi. Şu xizmatlar uçun 500 ming sömdan 5 mln sömgaça alohida haq olişmoqda. Yaʼni bu pul firmaning daromadi. OTMga yana alohida kontrakt ham tölaş kerak. Balki xorijdagi OTMlar ham ularga har mijozdan neçadir foiz haq ham çiqarib berar, aniq bilmadim.
👉 Masofaviy taʼlimning diplomi Özbekistonda nostrifikatsiya qilinmaydi. Agar maqsadingiz diplom oliş bölsa, unda masofaviy taʼlimni tanlab xomtama bölmang. Agar maqsad şunçaki bilim oliş bölsa, unda özingiz bilasiz.
👉 Kunduzgi, sirtqi, keçki taʼlimning diplomlarini nostrifikatsiya qiliş ham juda oson keçmaydi. Buning uçun imtihondan ötişga töğri keladi.
👉 Köpçilik qöşni mamlakatlardagi OTMlarning imtihonsiz qabul qilişiga iştiyoqmand bölmoqda. Osongina talaba bölib olsak kifoya, keyingi yili bir amallab öqişni Özbekistonga köçirib olamiz, deya öylaşmoqda. Bu Siz öylagançalik oson iş emas.
Birinçidan, hozirda xorijda sirtqi, keçki va masofaviy taʼlimda öqiyotganlarning öqişini Özbekistonga köçiriş imkoniyati yöq. Faqat kunduzgiga ruxsat bor.
Ikkinçidan, kunduzgi taʼlimdagilar ham alohida test va sinovlardan ötib, keyin köçira olişadi. Agar yetarli ball töplay olmasa, juda katta miqdorda super-kontrakt tölaşiga töğri keladi. Şunça dahmaza kerakmi Sizga?
XULOSA: yuqoridagi gaplar bilan butunlay xorijga öqişga ketiş kerak emas, demoqçimasman. Qaniydi, yoşlarimiz xorijda köproq öqişsa, TOP-1000 ga kiradigan jahon universitetlarida saboq olişsa, dunyo körişsa, bu faqat va faqat jamiyat rivoji uçun foyda bölardi.
Ammo gap taʼlim sifati özimiznikidan deyarli farq qilmaydigan, balki bizdan ham yomonroq bölgan OTMlar haqida bormoqda.
Ayrimlar hatto öqişga ketayotgan OTM nomini ham bilmaydi. Sörasam, tayinli javob bera olişmaydi. Odamlardagi asosiy maqsad bilim oliş emas, şunçaki diplom oliş yoki bir amallab öqişini Özbekistonga köçiriş bölmoqda. Bundan esa uddaburon tadbirkorlar juda unumli foydalanişmoqda.
Masalan, Qozoğistonda ham QS xalqaro reytingida TOP-1000 ga kiradigan 10 ta OTM bor:
1. Forobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti (207-örin)
2. Yevroosiyo milliy universiteti - ENU (418)
3. Avezov nomidagi Janubiy Qozoğiston universiteti – SKSU (491)
4. Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti (561-570)
5. Satbayev universiteti (561-570)
6. Qozoq milliy agrar universiteti – KazNAU (651-700)
7. Qozoq-Britan texnika universiteti (751-800)
8. Qarağanda davlat universiteti (801-1000)
9. Qarağanda davlat texnika universiteti (801-1000)
10. Xalqaro munosabatlar va jahon tillari universiteti (801-1000)
Mana şu OTMlarda öqimoqçi bölsangiz, bu niyatingizni qöllab-quvvatlayman. Ularda taʼlim sifati biznikilardan ança baland.
Ammo nomini heç kim eşitmagan, Sizga osongina diplom berişni vaʼda qilayotgan joylarga bormang. Imtihonsiz qabul qilişlariga uçmang, bizda ham öqişga kiriş unça qiyin bölmay qoldi, 80-90 ball bilan byudjetga kirişyapti hatto.
Bu şunçaki döstona maslahatim.
👉 @xushnudbek 👈
