Xorijiy diplomlarni tan oliş tartibi soddalaştirildi
Xuşxabar! Xorijiy diplomlarni nostrifikatsiya qiliş yanada osonlaşadi
"Taʼlim sifatini nazorat qiliş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida" Prezident qarori imzolandi.
Unga köra, 2019-yil 1-martdan boşlab quyidagi şaxslarning xorijiy davlatlarda berilgan diplomlari töğridan-töğri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi va nostrifikatsiya qilinadi:
👉 Özbekiston hududida alohida bölinmalari (filiallari) va qöşma taʼlim muassasalari faoliyat yuritayotgan xorijiy taʼlim muassasalarida taʼlim olgan Özbekiston fuqarolari, çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning;
👉 QS, THE, ARWU reytingida TOP-1000 talikka kirgan xorijiy OTMlarda taʼlim olganlarning (ilgari TOP-500 edi);
👉 tasarrufida OTMlari bölgan Özbekiston vazirlik va idoralarining yöllanmalari asosida mutaxassislarni maqsadli tayyorlaş uçun xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar) hisobidan taʼlim olgan fuqarolarning;
👉 1992-yil 1-yanvargaça xorijiy taʼlim muassasalariga öqişga kirgan fuqarolarning;
👉 Oliy taʼlimda sifatni kafolatlaş Yevropa assotsiatsiyasining (European Association for Quality Assurance in Higher Education) tölaqonli aʼzolari - vakolatli taşkilotlar tomonidan akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalarida taʼlim olgan fuqarolarning, ayrim istisnolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
👉 AQŞ, Avstraliya, Isroil, Kanada, Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya davlatlarining uşbu davlatlar vakolatli taşkilotlari tomonidan akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalarida taʼlim olgan fuqarolarning, ayrim istisnolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
👉 xorijiy OTMlarda mutaxassislarni maqsadli tayyorlaş uçun Özbekistonning vazirlik va idoralari tomonidan ajratilgan mablağlar hisobidan taʼlim olgan fuqarolarning;
👉 Özbekistonning xalqaro şartnomalari, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan boşqa hollarda.
Diplomni nostrifikatsiya qiliş töğrisidagi arizalar faqatgina Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
Kanalga ulaniş:👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
