Kimlar OTM bakalavriatiga hujjat topşira oladi
❓Kimlar abituriyent sifatida öqişga topşira olişadi?
#abituriyent
Juda köp marta tuşuntiriş berganimizga qaramasdan, köpçilik "men yana qayta öqişga topşira olamanmi" deb söraşmoqda. Hatto ayrimlar "joriy yildan texnikumni tugatganlar öqişga topşirolmaydigan bölganmiş" degan miş-mişlarni ham kötarib yurişibdi.
Şu kabi savollarga bittada javob berişga harakat qilaman. Demak, OTMlarning bakalavriat bosqiçiga quyidagilar hujjat topşira olişadi:
1️⃣ Umumiy örta taʼlimning 11-sinfini tugatganlar.
Bunda barça maktablar, şu jumladan Prezident va ijod maktablari, ixtisoslaşgan va harbiy maktablar, litseylar, gimnaziyalar, xullas barçasi kirib ketadi. Muhim jihati albatta 11-sinf negizida şahodatnoma bölişi kerak, 10-sinfni tugatib topşirib, talaba bölib öqiş imkoni yöq;
2️⃣ Örta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganlar.
Bunda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, kasb maktablari va texnikumlar kiradi. Bunda ham töliq tugagan va diplom berilgan bölişi kerak. Kimlardir 3 yillik, kimlardir 2 yillik öqigan bölişi mumkin;
3️⃣ Oliy taʼlimda öqiyotgan talabalar.
Bunda hozirda Özbekistondagi davlat yoki nodavlat, şuningdek xorijdagi OTMlarda talaba bölib öqiyotganlar maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan öqişga hujjat topşirişlari mumkin. Öqişga kirgan taqdirda qayerda öqişini özi tanlaydi, xohlasa hozirgi talabaligini davom ettiradi, xohlasa yangi kirgan joyida öqiydi.
Talabalarning öqişga topşirişi heç qanday muammo (masalan, öqişdan çetlatiş) olib kelmaydi. Ammo Sizlardan iltimosim, şunçaki öyin uçun topşirib ötirmang, mabodo öqişga kirsangizu, keyin taşlab ketsangiz, bitta abituriyent joyini behudaga band qilgan bölasiz, keyinçalik böşab qolgan öringa heç kimni olişmaydi;
4️⃣ OTMlarni tugatgan diplomli oliy maʼlumotlilar.
Allaqaçon bir marta oliy maʼlumot olib bölgan şaxslar ham bemalol yana qayta bakalavriat bosqiçiga hujjat topşirib körişlari mumkin. Ular ham xuddi hozirgi talabalar singari maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan öqişga hujjat topşirişadi, universitet diplomi bilan emas. Bu yerda yana bir jihat, amaldagi qonunçilikka köra, bir marta oliy maʼlumot olib bölganlarning (grant yoki kontraktda öqiganligidan qatʼi nazar) ikkinçi marta talaba bölişi faqat tölov-kontrakt asosida böladi. Yaʼni ular grantga daʼvogarlik qila olmaydi, kirsa ham faqat kontraktda öqişadi.
Xullas, mana şu yuqoridagi 4 ta toifadagi şaxslar bemalol my.dtm.uz sayti orqali abituriyent sifatida hujjat topşirib körişlari mumkin. Barçaga omad!
👉 @xushnudbek 👈

