Qoraqalpoğistondagi tartibsizliklar böyiça 14 kişi uşlandi
❗️Boş prokuratura tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan tergov harakatlari davomida jinoyat işi böyiça Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi tartibida 14 kişi uşlandi.
Şu jumladan, Tajimuratov D.M. va Turdanov A.T.larga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan ayblov eʼlon qilindi. Ularga nisbatan sudning qarori bilan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanildi.
Qallixanova L.O.ning harakatlarida jamoat xavfsizligiga tajovuz qiliş jinoyati alomatlari aniqlandi. U jinoyat işi böyiça gumonlanuvçi sifatida jalb qilinib, protsessual tartibda uşlandi.
Tergovga jalb etilgan fuqarolarning şaʼni va qadr - qimmati hurmat qilinişi, qiynoq, zöravonlik, şafqatsiz yoki inson şaʼni va qadr - qimmatini kamsituvçi harakatlarga yöl qöyilmasligi qatʼiy nazoratga olingan.
Gumon qilinuvçi va ayblanuvçilarga himoya huquqi töla taʼminlangan holda tergov harakatlari ötkazilmoqda, saqlaş joylarida qonunda nazarda tutilgan barça şaroitlar taʼminlangan. Soğliği va saqlaş şaroitlari böyiça eʼtirozlari mavjud emas.
Eslatib ötamiz, Qoraqalpoğiston Respublikasida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan 2022-yil 2-iyul kuni Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi bilan qözğatilgan jinoyat işi böyiça Boş prokuratura tomonidan dastlabki tergov harakatlari ötkazilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
