Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uçun kvotalar tasdiqlandi
Harbiy tavsiyanoma - 2022.pdf
PDF · 547 KB
Harbiy tavsiyanomaga ega bölganlar uçun qöşimça 5%li kvota
#abituriyent
Davlat qabul komissiyasining bayoni bilan Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari safida muddatli harbiy xizmatni ötab, harbiy qism qömondonligining tavsiyanomalariga ega bölganlar uçun qöşimça beş foizli qabul körsatkiçlarining oliy taʼlim muassasalari va taʼlim şakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
✅ Unga köra, harbiy qism qömondonligining tavsiyanomalariga ega bölganlar uçun respublika böyiça jami 9 045 ta qöşimça kvota ajratildi. Taʼlim şakllari kesimida:
➡️ kunduzgi – 6 151 ta (davlat granti asosida - 1588 ta, tölov-kontrakt asosida - 4 563);
➡️ sirtqi – 2 228 ta (tölov-kontrakt asosida);
➡️ keçki – 495 ta (tölov-kontrakt asosida);
➡️ masofaviy – 171 ta (tölov-kontrakt asosida).
❗️ESLATMA: harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uçun mazkur imtiyozli kvota faqat birinçi yönaliş uçun amal qiladi. Ikkinçi, uçinçi va h.k. yönalişlarga taalluqli emas.
❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yönalişlar yöq-ku?
Imtiyozli kvota yönalişlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday böladi?
Masalan, ÖzMUda harbiy tavsiyanomalilar uçun 207 ta kvota (51 ta grant, 156 ta kontrakt) ajratilgan. Aytaylik, 500 nafar tavsiyanomali abituriyent ÖzMUni birinçi yönaliş sifatida tanladi. Ular turli yönalişlarni tanlaşgan, kimdir matematika, kimdir tarix, kimdir biologiya va h.k.
Yönalişidan qatʼi nazar, mana şu 500 nafar harbiy tavsiyanomalilar töplagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 207 nafar abituriyent özi tanlagan birinçi yönalişga grant yoki kontrakt asosida qöşimça kvotaga öqişga kiradi. Qolgan 293 nafar harbiy tavsiyanomalilar esa özi töplagan bali böyiça umumiy tartibda barça bilan bellaşadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirişlari mumkin.
❓Bu tavsiyanoma imtiyoz ball qöşib beradimi?
Yöq, heç qanaqa ball qöşib berilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈

