Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uçun yangi imtiyozlar

Matn18-iyun, 2019, 13:053 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uçun qanday yangilik böldi?
#abituriyent

Xabaringiz bor, uzoq yillardan buyon harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uçun test sinovlarida maxsus imtiyoz tizimi qöllanilar edi.

Unga köra, harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlarga 2006-2011-yillar mobaynida maksimal ballning 25 foizi (56,7 ball), 2012-2016-yillarda maksimal ballning 27 foizi (61,2 ball), 2017-2018-yillarda özi töplagan ballning 50 foizi miqdorida imtiyoz qöllandi. Buning natijasida qizlar yoki tavsiyanoma olmagan abituriyentlarning huquqlari öz-özidan çeklanar edi.

Ötgan yili sentabr oyida Boş vazir örinbosari Aziz Abduxakimov harbiy imtiyoz masalasi qayta körib çiqilişini vaʼda qilgandi.

Şundan söng, 2019-yilgi Davlat dasturida harbiy tavsiyanomaga ega şaxslar örtasida ötkaziladigan tanlov uçun alohida kvotalar ajratiş tartibi joriy etilişi belgilandi, bu haqida maxsus qaror loyihasi ham işlab çiqildi, va nihoyat rasman tasdiqlandi ham.

Endi nima böladi?

1) harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uçun alohida 5 foizlik kvota belgilandi. Endi tavsiyanomaga ega abituriyentlar eng avvalo öşa kvota doirasida özaro bellaşadi, özgalarga xalaqit qilmaydi. Masalan, Toşkent tibbiyot akademiyasida 66 ta örin ajratilgan, şundan 25 tasi grant, 41 tasi kontrakt (bu umumiy raqam, yönalişlarga hali ajratilmagan).

TTAga jami 200 nafar harbiy tavsiyanoma olganlar topşirdi, deylik. Ana şu 200 nafar abituriyentning töplagan ballari avval alohida ajratib olinadi va ular orasida eng yuqori ball töplagan dastlabki 25 kişi grantga, keyingi 41 nafar kişi kontraktga kiradi.

2) uşbu 200 nafar abituriyent orasidan 66 ta maxsus kvotaga kira olmay qolganlar nima böladi? Ular keyin umumiy tanlovga qöşiladi, yaʼni tavsinomasi yöqlar bilan kuraşadi, agar bali yetarli bölsa, talaba böladi, yaʼni 66 talik joy tölib qolgani uçun kuyib qolmaydi;

3) bu tizimning yaxşi tomoni endi heç kimga qöşimça ball berilmaydi, hamma öz bilimi yetgan ballni töplaydi. Bu degani endilikda maksimal balldan yuqori töplaş holatlari heç qaçon kuzatilmaydi. Masalan, ötgan yili maksimal ball 189 bölsa ham, Yuridik universitetda harbiylar hisobiga byudjetning oxirgi balli 223,5 bölgandi.

4) bu tizimning harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uçun ham foydali tomonlari bor.

Birinçidan, Bilamizki, tavsiyanomaga ega şaxslarning barçasi ham yuqori ball olavermaydi. Şuning uçun endi ular kamroq ball olib ham byudjetga yoki kontraktga kirişi mumkin. Tuşuntiraman: masalan, TTAda oddiy abituriyentlar guruhida grant – 165, kontrakt – 148 ball böldi deylik. Yuqorida aytilganidek, harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uçun dastlab alohida tanlov böladi. 200 ta harbiylarning natijalari sarhisob qilinganda, dastlabki 25 kişining balli past çiqdi, masalan, 130 ball. Demak, harbiylar 130 ball bilan grantga qabul qilinadi. Kontraktda ham xuddi şunday holat kuzatiladi.

Ikkinçidan, ilgari tavsiyanoma faqat test sinovlari uçun ötar edi, ijodiy imtihonlarga imtiyoz bermasdi. Yangi tizimda esa maxsus kvota ijodiy imtihon talab etiladigan OTMlarga ham berildi, masalan, Konservatoriya, Sanʼat va madaniyat instituti, Xoreografiya va h.k. Bu degani, endilikda tavsiyanoma olganlar mana şu yönalişda ham imtiyozga ega bölişmoqda.

Umuman olganda six ham, kabob ham kuymaydigan tizim bölibdi.

Harbiylar uçun 5 foizlik kvota barça OTMlarda ham yöq. Quyida qaysi OTMlarga tavsiyanomasi borlar uçun qança kvota ajratilganini körişingiz mumkin:

👉 Kunduzgi
👉 Sirtqi
👉 Keçki

P.S.: lekin bir tuşunarsiz bir holat bor. Ehtimollar nazariyasiga köra, tavsiyanomasi bor abituriyent, alohida ajratib olingan kvota doirasida kontraktga tavsiya etilsayu, lekin uning bali umumiy guruhda byudjetga yetarli bölsa, unda bu masala qanday hal etiladi? Bu unga nisbatan adolatsizlik bölib qolmaydimi? Balki buning javobi allaqaçon mutasaddilarda bordir, kim bilsin.

Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek