Harbiylar farzandlari uçun imtiyozli kvota taqsimoti

Foto18-iyul, 2022, 19:392 daqiqa0 koʻrish

Harbiylarning farzandlari uçun qöşimça 2%li davlat granti asosidagi kvota taqsimoti
#abituriyent

Davlat qabul komissiyasining bayoni bilan harbiylarning farzandlari uçun qöşimça ikki foizli davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlarining taşkilotlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

❗️ESLATMA: mazkur imtiyozli kvota faqat birinçi yönaliş uçun amal qiladi. Ikkinçi, uçinçi va h.k. yönalişlarga taalluqli emas.

‼️ESLATMA-2: uşbu qöşimça kvota faqat kunduzgi taʼlim uçun taalluqli. Agar 2 foizli tavsiyanoma olgan harbiyning farzandi birinçi yönalişga sirtqi, keçki yoki masofaviyni tanlasa, unda imtiyozdan foydalana olmaydi. Albatta, birinçi yönalişga kunduzgini tanlaş kerak. Qolgan 2, 3, 4 va 5-yönalişlarga istaganini tanlaş mumkin.

❓Bu yerda faqat taşkilotlar nomi bor ekan, lekin na OTMlar, na yönalişlar yöq-ku?

Imtiyozli kvota OTMlar yoki yönalişlar kesimida emas, taşkilotlar kesimida berilgan. Bu qanday böladi?

Masalan, Mudofaa vazirligiga 714 ta joy berilgan. Aytaylik, Mudofaa vazirligi tizimidagi xodimlarning farzandlari uçun jami 2 mingta tavsiyanoma berilgan (bu şunçaki misol, aslida köp yoki kam bölişi mumkin). Ular qaysi OTMni birinçi yönaliş sifatida tanlagani muhim emas. Masalan, kimdir Yuridik universitetni, kimdir Tibbiyot akademiyasini, kimdir Moliya institutini tanlagan va h.k. Qaysi yönalişlarni tanlagani ham muhim emas.

Xullas, tanlagan OTMdan qatʼi nazar, Mudofaa vazirligi tizimida tavsiyanoma olgan 2 ming nafar harbiylarning farzandlari töplagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 714 nafar abituriyent özi tanlagan birinçi yönalişga davlat granti asosida qöşimça kvotaga öqişga kiradi. Qolgan 1286 nafar abituriyent esa özi töplagan bali böyiça umumiy tartibda barça bilan bellaşadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirişlari mumkin.

❓Harbiylarning farzandlariga berilgan tavsiyanoma ball qöşib beradimi?

Yöq, heç qanaqa ball qöşib berilmaydi. Ular özlari töplagan ball bilan bellaşadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek