Abituriyentlarga öqişni köçiriş böyiça muhim tavsiyalar
Manba:Xushnudbek.uz
‼️Hurmatli, abituriyentlar! Sizlardan iltimos, qayerda öqiş niyatingiz bölsa, hozirdan öşa yerga topşiring. Perevodni unuting.
#abituriyent
Mevaçilik va uzumçilikka kirib, keyin şifokor bölaman, degan xomxayollarni miyangizdan çiqarib taşlang. Mevaçilik qayerdayu tibbiyot qayerda.
Şifokor bölmoqçimisiz, marhamat, hozir yaxşi öqing va jiddiy tayyorlaning, tibbiyot yönalişlaridan biriga topşirib, yuqori ball bilan talaba böling.
Lekin “keyin perevod qivolaman” degan közböyamaçilikka bormang, Xudo xayringizni bersin, iltimos.
‼️ Yana bir iltimos, qaysi hududda öqiş sizga qulay bölsa, öşa hududga topşiring.
Ball pastroq bölarkan, deb uzoq hududga hujjat topşirib, öqişga kirgaç, 1 yildan keyin “voy-dod, bu yerda qiynalib ketdimku, bizni dardimizni ham eşitadigan odam bormi, meni yaşaş joyimga, ota-onamning oldiga perevod qilinglar” deb nolib yurmang. Sizni heç kim boşqa hududga topşirsin, deb majburlayotgani yöq, qarorni özingiz mustaqil qabul qilyapsiz, demak, özingiz javob bering endi şunga.
Şaroitingiz bölsa, boşqa hududga topşiring, şaroitingiz bölmasa, topşirmang. Perevoddan umid qilmang. 99% holatda perevod qilolmaysiz.
‼️Kelajagingiz uçun masʼuliyatli böling, qaror qabul qilişda jiddiyroq yondoşing.
👉 @xushnudbek 👈


