Özbekistonlik öquvçilar xalqaro olimpiadalarda bronza oldi

Foto18-iyul, 2022, 12:312 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Özbekistonlik öquvçilar matematika va biologiyadan xalqaro olimpiadada bronza medalini qölga kiritdi

Norvegiyaning Oslo şahrida ötkazilgan 63-Xalqaro matematika olimpiadasida (IMO) Qoraköl Xalqaro matematika maktabi öquvçisi Lazizbek Rajabboyev bronza medalini qölga kiritdi.

Armaniston davlatida ötkazilgan 33-Xalqaro biologiya olimpiadasida (IBO) Toşkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi öquvçisi Aziza Abduvaliyeva bronza medalini qölga kiritdi.

ℹ️ Eslatib ötamiz, Prezident qaroriga köra Xalqaro fan olimpiadalari ğoliblari quyidagi mukofot pullariga ega böladilar:

— oltin medal sohibiga – bazaviy hisoblaş miqdorining 500 baravari (bugungi kunda 150 mln. söm), öqituvçisiga – 450 baravari (135 mln. söm);

— kumuş medal sohibiga – 300 baravar (90 mln. söm), öqituvçisiga – 250 baravar (75 mln. söm);

— bronza medal sohibiga – 200 baravar (60 mln. söm), öqituvçisiga – 150 baravar (45 mln. söm).

Şuningdek, xalqaro olimpiadalar ğoliblarini tayyorlagan öqituvçilar va taʼlim muassasasi direktorlariga oltin, kumuş va bronza medallari böyiça tegişinça qöşimça 200, 175 va 150 foizlik ustama tölanadi.

Bundan taşqari, IMO, IPhO, IChO, IBO va IOI xalqaro fan olimpiadalarida sovrindor bölgan öquvçilar oliy taʼlim muassasalariga test sinovisiz va qöşimça imtihonsiz qabul qilinadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek