Kimyo va biologiya fanlarini rivojlantiriş böyiça qaror
⚡️Kimyo va biologiya fanlarini rivojlantiriş böyiça inqilobiy qaror!
«Kimyo va biologiya yönalişlarida uzluksiz taʼlim sifatini va ilm-fan natijadorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident qarori qabul qilindi.
Unga köra:
👉 respublikaning har bir hududida bosqiçma-bosqiç kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslaştirilgan 14 ta tayanç maktablari taşkil etiladi;
👉 tuman (şahar)larda bosqiçma-bosqiç kimyo va biologiya fanlarini çuqurlaştirib öqitişga ixtisoslaştirilgan 150 ta maktablar taşkil etiladi;
👉 ixtisoslaştirilgan maktablarga qabul qilingan kimyo va biologiya fanlari öqituvçilari hamda rahbar kadrlarining ustama haqi miqdori 2021-yil 1-yanvardan boşlab 50 %gaça oşiriladi;
👉 Davlat test markazi 2021-yil 1-fevralga qadar kimyo va biologiya fanlaridan bilimlarni baholaş böyiça milliy sertifikatlaş tizimini joriy qiladi. Milliy sertifikatga ega öquvçilar davlat OTMiga öqişga kirişda kimyo yoki biologiya fanidan test topşirişdan ozod etiladi hamda ularga maksimal ball beriladi;
👉 2021-yildan boşlab har 2 yilda bir marotaba OTM talabalari orasida kimyo va biologiya fanlari böyiça Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro fan olimpiadalari ötkaziladi.
Mazkur olimpiadalarda ğolib bölgan talabalarga bir martalik mukofot taqdim etiladi hamda tegişli yönalişlar böyiça magistraturaga davlat granti asosida imtihonsiz öqişga kiriş huquqi beriladi;
👉 OTMlarning kimyo va biologiya yönalişlari talabalari örtasida ötkaziladigan respublika fan olimpiadasi ğoliblari hamda kimyo va biologiya fanlari böyiça nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlari magistraturaga tegişli mutaxassisliklar böyiça öqişga ajratilgan kvota doirasida davlat grantlari asosida imtihonsiz qabul qilinadi;
👉 2021/2022 öquv yilidan boşlab kimyo va biologiya yönalişlarida kadrlar tayyorlayotgan barça OTMlar umumtaʼlim maktablari bitiruvçi sinf öquvçilari örtasida köp bosqiçli (tuman (şahar) – viloyat – oliy taʼlim muassasasi) kimyo va biologiya fani böyiça özining olimpiadasini ötkazadi va 1-3 örinlarni egallagan öquvçilarni OTM mablağlari hisobidan imtihonsiz öqişga qabul qiliş tartibi joriy etiladi;
👉 Olimpiadalar ğoliblarini tayyorlagan professor-öqituvçilarni rağbatlantiriş maqsadida 2021-yildan ularga bir marotaba oylik maoşining 100 % miqdorida haq tölaş, şuningdek kimyo va biologiya fanlari böyiça talabalar uçun tögaraklar olib borayotgan professor-öqituvçilarga öquv yili davomida OTM byudjetdan taşqari mablağlari hisobidan oylik maoşlariga 25 % miqdorida ustama haq belgilaş tartibi joriy etiladi;
👉 OTMlarning kimyo va biologiya taʼlim yönalişlari böyiça imtiyozli diplomga ega bölgan bitiruvçilari mazkur muassasalarning magistratura mutaxassisligiga qöşimça imtihonlarsiz tölov-kontrakt asosida qabul qilinadi;
👉 OTMlarning kimyo va biologiya mutaxassisligini aʼlo baholar bilan tamomlagan magistrlarni tayanç doktoranturasiga imtihonlarsiz töğridan-töğri qabul qiliş tartibi joriy qilinadi.
➡️ @uzauz
- 👍 1

