Fan olimpiadalariga oid Prezident qarori qabul qilindi
Respublika fan olimpiadalariga oid Prezident qarori qabul qilindi
Şavkat Mirziyoyev «Iqtidorli yoşlarni aniqlaş va yuqori malakali kadrlar tayyorlaşning uzluksiz tizimini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorga imzo çekdi. Unga köra:
👉 Xalq taʼlimi vazirligida 14 ta ştat birligidan iborat Fan olimpiadalari böyiça iqtidorli öquvçilar bilan işlaş departamenti taşkil etiladi;
👉 endilikda faqat xalqaro olimpiadalar ğoliblari OTMlarga test sinovisiz va qöşimça imtihonsiz qabul qilinadi. Aynan bunday imtiyoz beradigan xalqaro olimpiadalar röyxati tasdiqlandi;
👉 respublika miqyosida ötkaziladigan asosiy fan olimpiadalari ğoliblarini imtihonsiz OTMga qabul qiliş tizimi bekor qilinadi. Endilikda asosiy olimpiadalarning respublika bosqiçida 1-3 örinlarni egallagan iştirokçilarga ixtisoslik fani böyiça OTMlarga kiriş imtihonlarida maksimal ball oliş huquqini beruvçi va uç yil muddat davomida amal qiluvçi sertifikat taqdim qilinadi;
👉 xalqaro olimpiadalar ğoliblari va ularning öqituvçilari eng kam oylik iş haqining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-örin (oltin medal) uçun – 500, öqituvçisiga –450 baravari;
2-örin (kumuş medal) uçun – 300, öqituvçisiga –250 baravari;
3-örin (bronza medal) uçun – 200, öqituvçisiga –150 baravari;
👉 asosiy olimpiadalar respublika bosqiçi ğoliblarining öqituvçilari EKIHning quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-örin uçun – 50 baravari;
2-örin uçun – 35 baravari;
3-örin uçun – 30 baravari;
👉 xalqaro olimpiadalar ğoliblarini tayyorlagan öqituvçilar va taʼlim muassasasi direktorlariga navbatdagi öquv yili uçun direktor jamğarmasidan oltin, kumuş va bronza medallari böyiça tegişinça qöşimça 200, 175 va 150 foizlik ustama tölanadi;
👉 taʼlim muassasalarida öqituvçi bölib faoliyat yuritayotgan:
xalqaro olimpiadalar ğoliblari lavozim maoşiga har oy 150 foiz;
asosiy olimpiadalar respublika bosqiçi ğoliblari lavozim maoşiga har oy 100 foizlik ustama haqi tölanadi;
👉 oliy taʼlim muassasasini tamomlagan olimpiada ğoliblari «El-yurt umidi» jamğarmasi tomonidan şakllantiriladigan istiqbolli mutaxassislar zaxirasiga kiritiladi;
👉 2019/2020 öquv yilidan boşlab umumiy örta taʼlim maktablarining 4-11 sinf, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari öquvçilari uçun har çorakda onlayn tarzda olimpiadalar taşkil qiliş orqali iqtidorli öquvçilar zaxirasini şakllantiriladi;
👉 öquvçi yoşlarning xalqaro olimpiadalardagi iştirokini taʼminlaş bilan boğliq, şu jumladan, sutkalik, yaşaş va transport xarajatlari Özbekiston yoşlar ittifoqining Rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan qoplanadi;
👉 olimpiadalarning viloyat va respublika bosqiçi nodavlat notijorat taşkilotlari hamda OAV vakillari iştirokida ötkazilib, Xalq taʼlimi vazirligi veb-sayti orqali onlayn tarzda töğridan-töğri namoyiş etiladi;
👉 olimpiadalar oçiq va şaffof tarzda ötkazilişi, natijalari ular ötkazilgan kunning özida eʼlon qilinadi;
👉 barça bosqiçdagi olimpiada natijalari, şu jumladan, iştirokçilar töğrisida maʼlumot, ularning yozma işlari töliq axborot tizimiga kiritiladi va XTV veb-saytida eʼlon qilinadi.
Ajoyib, juda ajoyib! Izohga hojat yöq!
👉 @xushnudbek 👈

