Dehqonoboddagi temir yölda tuproq köçişi yuz berdi
Manba:Daryo — LIVE
«Özbekiston temir yöllari» Dehqonoboddagi tuproq köçişi yuzasidan axborot berdi
Qaşqadaryo viloyatida 30-aprel kuni soat 21:25-da «Toşğuzor—Boysun—Qumqörğon» toğ temir yölining 103-kilometridan 081-sonli «Sariosiyo—Toşkent» yölovçi poyezdi ötayotgan vaqtda köçki yuz bergan.
«Gazeta.uz»ning «Özbekiston temir yöllari» kompaniyasining axborot-tahlil multimedia markaziga asoslanib xabar berişiça, hodisa «Oqrabot—Çaşmaihofizon» uçastkasida, «Oqrabot» stansiyasidan 8 kilometr masofada yuz bergan.
Öng tomondan poyezd yönalişi böylab tuproq köçişi oqibatida uçta vagonning harakati töxtab qolgan. Poyezd brigadasining tezkor harakatlari bilan yölovçilar poyezdning harakatni davom ettirgan boşqa vagonlariga ötkazilgan. Yölovçilardan heç kim jabrlanmagan. Şaxsiy buyumlar va hujjatlar keyinroq egalariga yetkazilgan.
22:10-da poyezd barça yölovçilari bilan «Dehqonobod» stansiyasiga yetib kelgan. Hodisa joyida töliq texnik körik ötkazilgan. Yölovçilarni qöşimça joylaştiriş uçun ikkita yölovçi vagoni ulangan va şundan söng poyezd öz manzili tomon yölga çiqqan.
Hozirgi vaqtga kelib temir yöl qayta tiklangan, yuk va yölovçi poyezdlarining qatnovlari odatdagi tartibda amalga oşirilmoqda. Kompaniyadan maʼlum qilişlariça, köçki bölgan joy «Özbekiston temir yöllari» mutaxassislari tomonidan nazorat qilinmoqda.
Avvalroq yonboşlab qolgan yölovçi vagonlarining surati eʼlon qilingan edi. «Özbekiston temir yöllari» vakillarining taʼkidlaşiça, suratda taʼmirlaş-tiklaş işlari olib borilayotgan vaziyat aks etgan.
Eslatib ötamiz, aprel oyi boşida kuçli yoğingarçilik oqibatida «Oqrabot—Dehqonobod» uçastkasida poyezd ostidagi tuproq çökkan edi. Hodisa oqibatida heç kim jabrlanmagan, biroq ikki teplovoz yölga tiqilib qolgan edi. Yöl öşa kuniyoq qayta tiklangan edi.
Bir savol bor-da: axborot berilgani uçun rahmat, lekin, berilarkan, nega 30-aprel kuni yuz bergan hodisa haqida darhol axborot berilmadi, a?
