Yaşnobod tuman migratsiya bölimi sudga kelmayapti

Matn2-may, 2019, 21:442 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Sudga kelmayotgan «pasport stol»

Aytgança, bugun Yaşnobod tuman maʼmuriy sudida Toşkent propiskasiga oid 2 ta sud işi belgilangan edi.

1-masala: yangi uy sotib olib, 1-band bilan propiskaga kirgan şaxs özining oilasi bor farzandini propiskaga olib kiriş uçun ariza bergan, lekin «pasport stol» buni rad qilgan. Şu böyiça dastlabki sud muhokamasi bölib ötibdi. Tomonlarning vajlari tinglanibdi.
(muammo haqida batafsil)

2-masala: 3 kişi birgalikda umumiy mulk huquqi asosida yangi uy sotib olgan, lekin «pasport stol» propiskaga qöyib berişni heç bir asossiz çözib yuribdi. Na qanoatlantiradi, na rad qiladi. Uşbu masala yuzasidan fuqarolar sudga murojaat qilgan.
(muammo haqida batafsil)

Lekin eng qiziği 2 safardan buyon, yaʼni 29-aprelda ham, 2-mayda ham Yaşnobod tuman migratsiya bölimidan sudga heç kim kelmagan. Masalan, bugun bir kunda, deyarli oldinma-keyin bölgan sud majlislarining birinçisiga kirib, ikkinçisiga kirmay ketib qolişibdi. Boz ustiga ikkala işga ham bitta sudya raislik qilmoqda, eşitmay qolgan bölişi ehtimoldan yiroq. «Pasport stol» nega kelmayapti?

Çunki taxminimizça, 1-masala yuzasidan «pasport stol»ning qölida IIV Boşqarmasining körsatmasi bor. Garçi öşa körsatma qonun hujjatlariga zid bölsa-da, har holda migratsiya bölimi şuni vaj qilib körsata oladi, qölida qoğozi bor.

2-masala böyiça esa, ularning qölida heç narsa yöq. Katta ehtimol bilan oğzaki topşiriq bölgan va şuning uçun ular atayin propiskaga kiritişni çözib yurişibdi. Balki şuning uçun bölsa kerak, 2 safardan buyon sudga kelişmayotgandir. Kim bilsin yana.

Ajoyib! Sud hokimiyatining hurmatini qarang!

«Çaqirsang, çaqiraver, biz baribir bormaymiz» deyişmoqçimi bu bilan? Nahotki sud tuman migratsiya bölimi boşliğini (vakili) majburiy keltira olmasa? Yoki ular 1 yil kelmasa, sud 1 yil kutadimi?

Mayli, kutaylikçi, nima bölarkin. Ikkala masala böyiça ham keyingi sud majlisi 7-may (seşanba) kuniga belgilangan.

P.S.: şunçaki eslatib qöymoqçi edim, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 180-moddasiga binoan, sud majlisiga çaqirilgan şaxslarning sudga kelişdan qasddan böyin tovlaşi sudga hurmatsizlik deb baholanadi va eng kam iş haqining bir baravaridan uç baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek