Yöldagi çuqurlar yetkazgan zararni kim qoplaydi
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0tahrirlangan❓🚘 “Yama”lar yetkazgan zararni kim qoplaydi?
Qariyb 1 oydan buyon davom etayotgan yomğirli ob-havo, özi şundoğam havas qilib bölmaydigan avtomobil yöllaridagi asfalt qoplamalariga jiddiy şikast yetişiga sabab bölmoqda. Yöllarda yurib bölmay qoldi, hammayoq ilma-teşik bölib ketdi.
Yöllarda paydo bölgan çuqur (yama)lar transport vositalarining ğildiraklariga jiddiy şikast yetkazayotganiga közimiz tuşyapti. Hatto ayrim vaziyatlarda yölning nosozligi yöl-transport hodisalariga ham sabab bölmoqda.
❗️Ana şunday vaziyatlarda zarar körgan haydovçilar körilgan zararni undirib olişi mumkin. Albatta, bu juda oson iş emas, ammo qilsa böladi, qonuniy asosi bor.
“Avtomobil yöllari töğrisida”gi qonunning 17-moddasiga köra, avtomobil yöllaridan foydalanuvçilar avtomobil yölidagi nosozliklar tufayli yetkazilgan zararni belgilangan tartibda undirib oliş huquqiga ega.
Şu qonunning 25-moddasiga köra avtomobil yöllari qaysi yuridik va jismoniy şaxslar ixtiyorida bölsa, öşa yuridik va jismoniy şaxslar avtomobil yöllaridan foydalanuvçilarga avtomobil yölidagi nosozliklar tufayli yetkazilgan zararning örnini belgilangan tartibda qoplaşi şart.
Maʼlumot uçun, respublikaning barça umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllari qaysidir maxsus vakolatli organ ixtiyorida böladi. Bunda yölning “egasi” 3 xil taşkilot bölişi mumkin.
1) umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllari “Özavtoyöl” qömitasi ixtiyorida;
2) şaharlar va boşqa aholi punktlari köçalari, xöjaliklararo qişloq avtomobil yöllari — mahalliy hokimliklar ixtiyorida;
3) xöjalik avtomobil yöllari tegişli taşkilotlar va jismoniy şaxslar ixtiyorida böladi.
✅ Obunaçilarga tavsiyam, bordiyu Sizning avtomobilingiz ham yöldagi "yama" taʼsirida şikastlangan bölsa öşa yölni balansida saqlovçi taşkilotni toping va zarar örnini qoplab berişlarini talab qiling.
Töğri, öşa taşkilot darrov "taslim bölmaydi", talabingizni rad etişi ehtimoli yuqori. Şunday bölsa, yetarli dalillarni töplang va tegişli sudga murojaat qiling.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2255