Haydovçilar biometrik pasport bilan yurişi mumkin
Manba:Xushnudbek.uz
❓Haydovçilar biometrik pasportini körsatsa, boşqa hujjatlarini yonida olib yurmasa ham böladimi?
✅ JAVOB: Böladi!
Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 135-moddasiga kiritilgan özgartirişga köra, haydovçining yonida Özbekiston Respublikasining içki işlar organlari yoxud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasport yoki identifikatsiyalovçi ID-kartasi mavjud bölgan taqdirda, 4 ta hujjatni ("prava", texpasport, suğurta va işonçnoma) yonida olib yurişi talab etilmaydi. Rasmiy manba
Körib turganingizdek, Kodeksda aniq va tiniq qilib biometrik pasport ham körsatilgan.
Ammo obunaçilarimizdan kelayotgan xabarlarga köra, biometrik pasport berilganda YPX inspektorlari bazadan heç narsani tekşira olmayapti va qolgan hujjatlarini taqdim etişni talab qilişmoqda. Qonunda borku, deyişsa, "bizga bu haqida heç narsa deyilmagan" degan javobni qaytarişibdi.
Hurmatli haydovçilar!
Özbekiston Respublikasi qonunlari barça uçun bajarilişi birdek majburiy bölgan hujjat hisoblanadi. Şu sababli biometrik pasportingiz yoningizda bölsa, haydovçilik guvohnomasi, texpasport, suğurta polisi va işonçnomani inspektorga körsatişingiz şart emas.
Agar inspektorlar qonunni bilmasa yoki biometrik pasport orqali maʼlumotlaringizni tekşira olmasa, bu ularning muammosi. Aslida bu inspektorlarning ham muammosi emas, Içki işlar vazirligi bunga tezroq yeçim topişi kerak. Lekin bu yeçim haydovçilar foydasiga bölişi kerak. "Uzr, men qonun böyiça iş tutyapman" deb qatʼiy turişga haqqingiz bor.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 929


