YPX xodimlarining bodi-kameralaridan foydalaniş tartibi

Matn3-yanvar, 2020, 08:342 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Mobil telefonlar bodi-kamera (mobil kamera) vazifasini ötamaydi

Içki işlar vazirligi YHXBB Axborot xizmati mobil kameralardan (yaʼni bodi-kamera) foydalaniş tartibi böyiça ayrim savollarga javob berdi.

«2020-yilning 1-yanvar kunidan, Içki işlar vazirligi Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmatining barça YPX xodimlari xizmatni mobil kameradan foydalangan holda ötaşni boşladilar.

Şu munosabat bilan, YPX xodimi Sizni töxtatib muloqotga kirişganda, mazkur muloqot mobil kameraga yozib olinişini, kelgusida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etsangiz, aybingizni isbotlaş uçun videoyozuvdan foydalanilişi mumkinligini eslatib ötamiz.

Xodimlar tomonidan foydalanilayotgan mobil kameralar, xodimning yöl harakati iştirokçilari bilan özaro muloqotini tasvirga olib, uşbu muloqotning samimiy, xuşmuomalalik asosida bölişiga hamda ziddiyatli va noxuş vaziyatlarni, şuningdek, korrupsiya holatlarini oldini olişga xizmat qiladi.

Ayrim hollarda esa xodimning xatti-harakatlari ustidan ariza va şikoyatlar bildirilganida, uşbu videoyozuvlar holatga oydinlik kiritişga yordam beradi.

Şu örinda fuqarolardan kelayotgan ayrim savollarga töxtaladigan bölsak:

• mobil kameradan YPX xodimning yöl harakati qatnaşçisi bilan muloqotini tasvirga oliş uçun foydalaniladi;

• YPX xodimi haydovçiga, uning sodir etgan qoidabuzarligining videotasvirini körsatib berişga majbur emas;

• barça xizmatga jalb etilayotgan xodimlar mobil kameradan foydalangan holda xizmat ötaydilar. YPX xodimining mobil kamerasiz xizmat ötaşiga yöl qöyilmaydi;

• Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 975-sonli sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomning 18-bandiga asosan yöl harakati qatnaşçilari xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga egalar.

Körinib turibdiki, amalga oşirilayotgan bu saʼy-harakatlarning barçasi birinçi navbatda Siz uçun, Sizning xavfsizligingiz va qonuniy manfaatlaringizning himoyasi uçun amalga oşirilmoqda. Şunday ekan, yaratilayotgan şaroitlardan töğri va oqilona foydalanişlaringizni, harakatlaniş xavfsizligini taʼminlaş işlariga munosib hissa qöşişingizni söraymiz», - deyiladi xabarda.

❗️Şuningdek, kanalimiz muştariylari söragan yana bir savolga oydinlik kiritdik. YPH inspektorining mobil telefoni bodi-kamera vazifasini ötamaydi hamda inspektorlar mobil telefondagi videodagi yozib olayotganini rökaç qilib, haydovçilar bilan muloqotga kirişişi mumkin emas. Yaʼni mobil kamera (bodi-kamera) hamda mobil telefon tuşunçalari boşqa-boşqa narsa.

IIV YHXBB Axborot xizmatining maʼlum qilişiça, bodi-kameralar keragiça xarid qilingan va barça inspektorlar taʼminlangan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing