Avtomobillar uçun yangi texsertifikat joriy etilişi mumkin
Texsertifikat böyiça
«Endi avtomobillarni töxtatmasdan texnik sozligini tekşiriş mumkin», - deb yozmoqda @davletovuz kanali.
Özbekistonda transport vositalarining texnik holatini tekşiriş va nazorat qiliş tizimini takomillaştiriş böyiça loyiha eʼlon qilindi.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan transport vositalarini majburiy texnik körikdan ötkaziş tartibi ham haydovçilar, ham yöl harakati xavfsizligi xodimlari uçun noqulay va eskirgan uslub bölib qolmoqda. Qolaversa, avtomobillarning texnik holati haqida elektron baza hamon mavjud emas, bu degani — texnik holat haqida beriladigan talonning haqiqiyligini tekşirib bölmaydi va uni soxtalaştiriş ham mumkin.
Şuning uçun tizimga yangi körinişdagi sertifikatlarni joriy etiş zarur va u bir qator afzalliklarga ega.
Talonlar örniga beriladigan sertifikatlarni soxtalaştirişning oldini oliş maqsadida bir neça bosqiçli himoya, çidamli va moslaşuvçan materiallardan işlab çiqariladi. Maxsus dasturlar yordamida maʼlumotlarni tezda örganiş mumkin va eng asosiysi maxsus elektron yorliqlar orqali boşqa dasturlar bilan özaro muloqot qiliş mumkin.
Tavsiya etilgan sertifikat texnologiyasi, xodimlar işini osonlaştiradi. Çunki sertifikatga axborot kiritiş va sertifikatlarning elektron yorliğini faollaştiriş innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda amalga oşiriladi, texnik jihatdan tekşirilmagan avtomobillarni aniqlaşlaş tizimi yaratiladi va soxta yoki muddati tugagan talonlar bilan harakatlanişga çek qöyadi.
Eng muhimi — avtomobillarning texnik holatini tekşiriş uçun ularni töxtatişga hojat qolmaydi — ularni tekşiriş va nazorat qilişning soddalaştirilgan tartibi joriy etiladi.
Sertifikatlarni joriy etiş — talon bilan boğliq keçikiş yoki soxta talonlar kabi muammolarni bartaraf etadi. Tizimga yangi, ilğor va zamonaviy texnologiyalar joriy etiladi texnik tekşiruvlarning yagona elektron maʼlumotlar bazasi şakllantiriladi.
Aytişlariça, texnik körikdan ötişdagi davlat boji miqdori böyiça hali yakuniy qarorga kelinmabdi.
- 👍 1

