Texnik körik tartibi soddalaştirilişi kutilmoqda
Davlat dasturi loyihasi:
👉 Transport vositalarini majburiy texnik körikdan ötkaziş tartibi soddalaştiriladi va xalqaro andozalar asosida takomillaşadi. Unga köra:
- transport vositalarini texnik körikdan ötkazişni eksterritoriallik prinsipi asosida amalga oşirilişini yölga qöyiladi, yaʼni propiska qayerda bölişidan qatʼi nazar istalgan hududda texnik körikdan ötkaziş mumkin böladi. Hozir bu narsa taqiqlangan, ammo pora evaziga bemalol uddalasa böladi, amalda tez-tez uçrab turadi;
- transport vositalarini texnik körikdan ötkaziş muddatlari (davriyligi) uzaytiriladi;
- yangi avtomototransport vositasi olinganda majburiy texnik körikdan ötkaziş talabi bekor qilinadi.
👉 Şuningdek, yöl harakati xavfsizligi xizmatining faoliyati bosqiçma-bosqiç raqamlaştiriladi. Unga köra:
- avtomototransport vositalari va ular egalarining tarixini aks ettiruvçi elektron bazani yaratiş;
- notariuslar tomonidan avtomototransport vositasini boşqa şaxsga beriş töğrisidagi şartnomani “yagona darça” tamoiyli asosida rasmiylaştiriş imkoniyati;
- haydovçilikka nomzodlardan amaliy va nazariy imtihon oliş jarayonlarini jamoatçilik tomonidan, şu jumladan video kuzatuv qurilmalaridan foydalanib Internet jahon axborot tarmoği orqali kuzatiş imkonini yaratiş nazarda tutiladi.
Töliq matn: http://2021.strategy.uz/
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1

