2021-yilgi davlat dasturi loyihasi muhokamaga qöyildi

Matn18-yanvar, 2021, 19:472 daqiqa0 koʻrish

2021-yilgi davlat dasturi loyihasi jamoatçilik muhokamasi uçun eʼlon qilindi

"Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili" davlat dasturining onlayn muhokamasi boşlandi.

Loyihaga mana bu link orqali ötib, muhokamada iştirok etişingiz va öz takliflaringizni bildirişingiz mumkin.

Jumladan, davlat dasturi loyihasida taʼlimga oid quyidagi takliflar berilmoqda:

«2021/2022 öquv yilidan boşlab:

a) oliy taʼlim muassasalariga kiriş imtihonlarida eng yuqori ball töplagan 200 nafar yoşlar uçun Prezident granti joriy etilsin.

Tegişli taşkilotlar 2021-yil 1-iyunga qadar Prezident grantini ajratiş tartibini işlab çiqsin va OTMlarga kiriş imtihonlarida ball töplagan şaxslar töğrisidagi oçiq maʼlumotlarni nazarda tutuvçi yagona elektron reyestrni şakllantirsin;

b) oliy taʼlim muassasasida ikki va undan ortiq farzandi şartnoma asosida öqiyotgan oilalarga imtiyozli taʼlim krediti beriş va talaba tomonidan uşbu kreditni öqiş davri tugagandan söng qaytariş amaliyoti yölga qöyilsin.

v) oliy taʼlimga ajratiladigan davlat grantlari soni 25 foizga hamda ehtiyojmand oilalar farzandi bölgan xotin-qizlar uçun davlat grantlari soni 2 baravarga oşirilsin, şuningdek, xususiy OTMlarda mutaxassislarni tayyorlaşga davlat granti beriş tizimi joriy etilsin.

g) akademik taʼtilni berişning quyidagi tartibi örnatilsin:

- akademik taʼtil olişni istagan talabalar öz ixtiyoriga köra akademik taʼtil muddatiga taʼlimning sirtqi va masofaviy şakliga ötkazilib (agar OTMda bunday taʼlimning şakllari mavjud bölsa), ularga uzluksiz mustaqil taʼlim oliş imkoniyati yaratiladi;

- oilasining betob aʼzosini parvariş qiliş sababli anʼanaviy şakldagi taʼlimni davom ettiriş imkoniyati bölmagan talabalarga ham akademik taʼtilni oliş huquqi beriladi;

- talabalarga öqiş davomida akademik taʼtil berilişi böyiça miqdoriy çeklovlar bekor qilinadi;

- akademik taʼtildan qaytgan talabalarni ilgari özlaştirilgan fanlar böyiça qaytadan öqitiş amaliyoti bekor qilinadi.

d) ilmiy unvon va ilmiy darajalarni beriş vakolati 2021-yil 1-sentabrdan boşlab respublikaning nufuzli OTMlarining ilmiy kengaşlariga bosqiçma-bosqiç ötkazilsin».

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek