Xotin-qizlar uçun 4 foizlik tavsiyanoma oliş tartibi

Matn5-iyun, 2021, 17:312 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Xotin-qizlar diqqatiga! 4%lik tavsiyanoma oliş uçun ariza berişga şoşiling!

Hukumatning 2021-yil 3-iyundagi 338-sonli qarori bilan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga qöşimça davlat granti asosida OTMlarga qabul qiliş böyiça tanlovda iştirok etiş uçun tavsiyanoma beriş tartibiga özgartirişlar kiritildi.

Ötgan yildan boşlangan bu amaliyot böyiça talabalikka qabul qiliş tartibi haqida mana bu yerda batafsil yozgan edim:
👉 https://t.me/xushnudbek/6373

❗️Hujjatga kiritilgan asosiy özgartirişlar quyidagilardan iborat:

✅ talabgorlar tegişli mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimiga elektron şaklda murojaat qiladi (ilgari bir dunyo qoğozbozlik talab etilardi);

✅ tanlovda iştirok etiş uçun tavsiyanoma 1 yil muddatga beriladi (avvalgi tartibga köra 3 yilga berilardi).

👩 Tavsiyanoma qanday toifadagi xotin-qizlarga beriladi?
JAVOB: https://t.me/xushnudbek/9700

❗️Tavsiyanoma oliş uçun hujjatlar aziz-ayol.uz veb-sayti orqali joriy yilning 8-iyun kuniga qadar qabul qilinadi (ilgari 10-mayga qadar edi). Agar mabodo sayt orqali topşiriş imkonini qila olmasangiz, unda yaxşisi yaşaş joyidagi mahalla fuqarolari yiğiniga murojaat qilganingiz maʼqul.

🤷🏻‍♂️ 8-iyun degani, bu hujjat topşirişga atigi 3 kun qoldi, degani. 30-maydan hujjatlar qabul qilinadi, deyilgan Vazirlar Mahkamasi qarori 3-iyunda qabul qilinmoqda va xotin-qizlarga atigi 5 kun vaqt berilyapti.

Bizni taʼlim tizimimizga tekkan kasal şu, odatda keçikib yoki taqalganda qarorlar qabul qilamiz. Ulgursang ulgurding, ulgurmasang, özing bilasan, degandek.

Yuqoridagi qarorni ham ança vaqtliroq, masalan, yil boşida qabul qilib, xotin-qizlar orasida yaxşilab tarğib qilsa bölmasmidi? Ötgan yili, mayli, birinçi yil, şoşilinçda böldi, karantin edi, dedik. Lekin bu yil-çi? Nega oldinroq harakat qilmaymiz? Eh...

✅ Eslatib ötamiz, joriy yil ehtiyojmand oilalar farzandi bölgan xotin-qizlar uçun davlat grantlari soni ötgan yilgiga qaraganda 2 baravarga oşirilib, 2 mingtaga yetkazilgan. Bu esa xotin-qizlarga imkoniyatlar yanada köproq böladi, degani. Davlat tomonidan berilgan bunday imkoniyatdan albatta foydalaniş kerak!

P.S.: odatda “şu xabarni tarqating” deyişni yoqtirmayman. Ammo iltimos, imkoni bölsa, şu xabarni ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga yuborsangiz. Vaqt qisqaligini inobatga olib, ular tezroq hujjat topşirişga ulgurişlari kerak.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek