Milliy sertifikatning imtihonlarda qöllaniş tartibi

Matn5-iyun, 2021, 14:451 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Milliy sertifikat majburiy va ixtisoslik faniga birdek ötadimi?

#abituriyent

JAVOB: Yöq, Milliy sertifikat faqat ixtisoslik fanlari uçun amal qiladi. Majburiy fanlardan test sinovini topşiriş kerak böladi.

Masalan, bir abituriyent matematika (90%) hamda ona tili va adabiyot (80%) fanlaridan Milliy sertifikat oldi, deylik. U topşirgan yönalişda fanlar majmuasi quyidagiça:

Ixtisoslik fanlari:

1. Matematika (30 ta savol)
2. Ona tili va adabiyot (30 ta savol)

Majburiy fanlar:

3. Özbekiston tarixi (15 ta savol)
4. Ona tili (15 ta savol)
5. Matematika (15 ta savol)

Bunday vaziyatda öşa abituriyent 2 ta ixtisoslik fanidan ozod qilinadi. Ammo 3 ta majburiy fanlarni topşiradi.

Ixtisoslik fanidan matematikada 27 ta töğri javob (90%), ona tili va adabiyotdan esa 24 ta töğri javob (80%) topgan deb hisoblanadi.

Agar abituriyent Milliy sertifikatdagi körsatkiçidan norozi bölsa, Milliy test tizimida qayta imtihon topşirişi yoki unga ulgurmasa/xohlamasa, unda olgan sertifikatidan foydalanmasdan testga kirib, ixtisoslik fanlarini işlaşi mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek