10-sinf öquvçilari test sinovlarida qatnaşa olmaydi
❓10-sinf öquvçilari test sinovlarida iştirok eta oladimi?
#abituriyent
✅ JAVOB: Yöq, qatnaşolmaydi.
DTMning maʼlum qilişiça, amaldagi nizomga muvofiq talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar oliy taʼlim muassasasining qabul komissiyasiga umumiy örta taʼlim (11-sinf negizida) yoki örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan)ni taqdim etişlari lozim.
Şuningdek, my.dtm.uz yoki my.gov.uz saytlaridan biri orqali onlayn röyxatdan ötişda tugatgan taʼlim muassasasi töğrisidagi maʼlumotlar kiritilişi kerak.
Maktabning 10-sinfida yoki akademik litseylarning 1-bosqiçida tahsil olayotgan öquvçilar umumiy örta taʼlim yoki örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatmagan hisoblanadi.
Şu sababli ular OTMlarga kiriş test sinovlarida iştirok etiş uçun röyxatdan ötişlari mumkin emas va testda ham qatnaşa olmaydi.
Ötgan yili hali maktab va litsey/kollejda öqiyotganlar bazasi töliq bölmpgani uçun DTM saytida 10-sinflar ham hujjat topşira oldi, hatto testga ham bemalol kirib çiqişdi. Lekin mabodo kimdir testda ötiş balini töplagan bölsa ham, ammo talabalikka qabul qilinmadi. Çunki ularda örta taʼlimni tasdiqlovçi şahodatnoma (diplom) yöq edi.
Joriy yil tegişli vazirliklar öz tasarrufidagi taʼlim muassasalari bazasini töliq qilib berişgan, deb umid qilamiz. Şunda röyxatdan ötişda örta taʼlimni tugatmaganlarlar avtomat rad etiladi, ular röyxatdan öta olişmaydi.
Mabodo kimdir röyxatdan ötgan va testga kirgan taqdirda ham bu ertaga talaba böla olişini anglatmaydi, şunçaki özi uçun testga kirgani qoladi xolos. Ammo maslahatim va iltimosim, imkoni bölsa, 9-10-sinflar bunaqa öyin qilib testga kirişmasa yaxşi edi. Çunki ertaga katta ball olsa, bitta kvotani band qilişadi, özlari esa baribir talaba böla olişmaydi, natijada öşa bitta joy şunçaki kuyib ketadi, pastdagi röyxatda kira olmagan abituriyent tepaga kötarilmaydi. Şu sababli kimnidir joyini egallamagan maʼqul.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 743

