Samarqandda sayyohlarga nisbatan elektroşoker qöllanildi
Xushnudbek.uzVideo4 daqiqa0tahrirlanganBunaqa xodimlar bilan turizmni 2 dunyoda ham rivojlantira olmaymiz
Milliardlab pul sarflab, mamlakat imijini oşiriş, turizm salohiyatini kötariş, Özbekiston xavfsiz davlatligini piar qilişga harakat qilamizu, lekin mana bunaqa çalasavodlarni deb hammasi bir tiyin böladi.
Samarqandda Qozoğistondan kelgan sayyohlarni hujjatlari joyida bölsa ham, IIBga olib bormoqçi bölişgan, rozi bölmaganlari uçun elektroşoker qöllaşgan. Videodagi xodimlardan birining aytişiça, ularga “plan” qöyilgan.
IIV matbuot kotibi Şoxrux Ğiyosovning yozişiça, 20-maydan 21-mayga ötar keçasi Samarqand şahrida tungi xizmatga jalb etilgan IIB Patrul-post xizmati xodimlari qöşni mamlakatdan mehmonga kelgan sayyohlarni şaxsini tekşiriş jarayonida qöpol munosabatda bölib, xizmat vazifasini va maxsus-texnik vositalarni qöllaş vakolatini suiisteʼmol qilgan.
“Qonunçilikka zid harakat qilgan barça xodimlarning hamda faoliyatga masʼul rahbarlarining xizmatdan böşatilişi va javobgarlik masalasi körib çiqiladi”, - deyiladi xabarda.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1840





