The Times Özbekistonni sayohat uçun tavsiya qildi

Matn29-yanvar, 2022, 20:251 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

The Times Özbekistonni may oyida taşrif buyuriş uçun eng yaxşi davlatlar röyxatiga kiritdi

Maktab payti bizda bir odat bor edi. Har yili aprel-may oyida 2-3 ta yuqori sinf öquvçilari birlaşib, bir avtobusda Samarqand yoki Buxoro, baʼzan esa Toşkentga borilardi. Bu barça maktablar orasida “moda”ga aylangandi. Keyinçalik qaysidir maktab bolalari ketayotgan avtobus avtohalokatga uçragandan keyin, bu odatni butunlay taqiqlab qöyişgandi (bizda şunaqaku, taqiqlaş — muammoning eng oson yeçimi).

Umuman olganda bahorning mana şu oylari sayohat uçun eng yaxşi davr edi (kuzda paxtada bölardik baribir).

Britaniyaning maşhur The Times gazetasi ham Özbekistonni may oyida taşrif buyuriş uçun eng yaxşi davlatlar röyxatiga kiritibdi. The Times tarixiy muhit va Şoxi Zinda majmuasiga ega Samarqand hamda Ark qalʼasi joylaşgan Buxoroni ziyorat qilişni tavsiya qilgan.

Pandemiyadan keyin tiklanayotgan turizm uçun bu yaxşi yangilik! Nufuzli naşrlarni köpçilik öqiydi va ularning tavsiyasiga işonadi. Bu esa xorijdan kelayotgan turistlar oqimiga maʼlum maʼnoda hissa qöşişi mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1877
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek