Toşkent hayvonot boğida ayol qizini ayiq qafasiga taşladi
Keça Toşkentda ğalati hodisa bölgan. Allaqaçon eşitişga ulgurgandirsiz.
Bir ayol özining 3 yaşar qizçasini Toşkent hayvonot boğidagi ayiqning volyeriga (qafas) 5metr balandlikdan taşlab yuboribdi (ataylabmi yoki ehtiyotsizlikdanmi, hozirça nomaʼlum).
Zuzu laqabli Kavkaz qönğir ayiği tuşib ketgan qizçaning oldiga borgan, hidlab körgan va indamasdan yana ortiga qaytib ketgan. Hayvonot boği xodimlari ayiqni tezda içki xonaga olib kirişgan.
Boş prokuraturaning maʼlum qilişiça, ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam öldirişga suiqasd qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan, ayol hibsga olingan.
Soğliqni saqlaş vazirligining maʼlum qilişiça, qizaloq Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan. U dastlab yengil şok holatida bölgan, balandlikdan yiqiliş oqibatida oçiq boş miya jarohati va boş miya çayqalişi kuzatilgan. Hozirda uning ahvoli yaxşi, şifokorlar nazoratida.
Xullas, odamgarçiligi bor hayvon hamda hayvongarçiligi bor “odam” voqeasi.
👉 @xushnudbek 👈
- 😱 4614

