UzIMEI tizimidagi firibgarlik va jinoiy guruh foş etildi
Har qança tanqid qilinsa ham özgarmaydigan eng bezbet tizimlardan biri — UzIMEI balosi haqida
Andijon şahrida yaşovçi, telefon sotiş va sotib oliş bilan şuğullangan A. Ahmedov (1991 y.t.), Andijon viloyati IIB AKT va axborotni muhofaza qiliş bölimi boşliği R. Mirhaydarov (1992), tadbirkor U. Mirzayev (1991), mahalliy korxonada iş yurituvçi N. Aşurov (1990), sobiq maktab öqituvçisi B. Kamoldinov 2020-yilning yanvar oyida bojxona nazoratini çetlab ötib, Özbekistonga kirib kelayotgan köp sonli mobil telefonlarning IMEI-kodlarini röyxatdan ötkaziş maqsadida jinoiy til biriktirgan.
Mirhaydarov va Mirzayev Aşurov va Kamoldinov orqali Özbekistonga çiqib ketgan va qaytgan fuqarolarning maʼlumotlarini tizim operatori — «Özbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boşqariş respublika markazi» DUKda röyxatga olgan.
Andijon viloyati IIBda AKT bölimi boşliği bölgan Mirhaydarov jismoniy şaxslarning şaxsiy maʼlumotlarini qonunga xilof ravişda töplagan, işlatgan va ötkazib yuborgan. Xorijga çiqqan fuqarolarning şaxsiy maʼlumotlari viloyat IIB terrorizmga qarşi kuraş boşqarmasi maʼlumotlar bazasida mavjud bölib, u oxirgi tört oy davomida işlagan va maʼlumotlar bazasi parolini bilgan. Ularni yaşirinça yiğib, Mirzayev orqali Ahmedovga Telegram’dan jönatgan. Ahmedov buning uçun Mirzayevga 13 800 AQŞ dollari bergan, şundan 12 000 AQŞ dollariga Mirhaydarovga Nexia-3 rusumli avtomaşina sotib olişga sarflangan, qolgan 1800 dollarni esa Mirzayev xizmati uçun olgan.
Jinoiy guruh boşqa nomaʼlum şaxslar bilan til biriktirib, Özbekistonga noqonuniy olib kirilgan umumiy qiymati 6,4 mlrd sömlik 3 ming 618 dona telefonning IMEI-kodini uçinçi şaxslarning pasportlariga rasmiylaştirişga yordam bergan. Noqonuniy olib kiriş natijasida 1 mlrd 630 mln sömlik bojxona tölovlari tölanmagan.
Materiallarga köra, buning uçun ular IIBning «Uzoq muddatga ketgan şaxslar» elektron bazasi maʼlumotlaridan foydalanişgan. 40 mingga yaqin şaxsning şaxsiy maʼlumotlari parol bilan himoyalangan Excel faylida guruhning yana ikki aʼzosining Telegram akkauntiga yuborilgan. Bitta telefonning IMEI-kodini röyxatdan ötkaziş uçun 0,5−2 dollar olişgan. Pullar hukm qilinganlar nomiga oçilgan plastik kartalariga ötkazilgan.
👉 @xushnudbek 👈

