Andijonda kuçli taʼsir qiluvçi dorilar savdosi foş etildi
Andijonda kuçli taʼsir qiluvçi dori vositalari
savdosi bilan şuğullangan şaxslar uşlandi
Andijon şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda Qirğizistondan noqonuniy olib kelingan kuçli taʼsir qiluvçi dori vositalarini sotiş bilan şuğullangan 1988 va 1991-yillarda tuğilgan, muqaddam sudlangan aka-uka uşlangan.
Gumon qilinuvçilardan «Tsiklodol», «Regapen», «Tropikamid», «Zardeks», «Lirika» dori vositalari olib qöyildi.
Şuningdek, aka-ukalarga tegişli uy, tungi klub va “moyka”da tintuv qilinganda «bita» tayoqlari, ötkir tiğli jismlar, aloqa vositalari, katta miqdordagi pul mablağlari, hisob-kitob daftarlari, garov sifatida qoldirib ketilgan haydovçilik guvohnomasi, diplom, nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma, fuqarolik pasportlari aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirilib olindi.
Bundan taşqari Andijon şahri va Oltinköl tumanida ötkazilgan boşqa tadbirlar davomida kuçli taʼsir qiluvçi dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan şuğullanib keluvçi şaxslar aniqlanib, qölga olingan.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 596

