Navbahorda haydovchilik guvohnomasi bilan bog'liq firibgarlik
Navbahor tumanida 5,5 mln söm evaziga haydovçilik guvohnomasini olib bermoqçi bölişgan
Boş prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berişiça, “Vatanparvar” taşkiloti Navbahor tuman öquv sport texnika klubi sobiq murabbiyi T.Q. fuqaro J.ga avtomaktabda bölib ötayotgan öquv guruhiga uni navbatsiz kiritiş va haydovçilik guvohnomasiga “D” va “Ye” toifasini qöşiş evaziga 3,3 mln söm va 200 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
P.S.: amaliyotda tez-tez uçraydigan holat, kimdir pora bilan yoki şu kabi biror jinoyat ustida qölga tuşsa, darrov öşa xodim “sobiq” maqomini oladi. Öta kutilmagan tasodifga köra, aynan öşa inson 4-5 kun oldin işdan böşagan bölib çiqadi. Uddaburon rahbariyat tezda orqa sana bilan buyruq rasmiylaştirib qöyadi. Şu sababli ham konkret pora bilan qölga tuşsa ham, lekin soxta “sobiq” maqomi tufayli firibgarlik bilan jinoyat işi qözğatiladi, pora oliş bilan emas.
Hozirgi holatda “sobiq murabbiy” qaçon işdan böşaganini bilmayman, şunçaki esimga tuşib ketdi.
Garçi yöllarimizda har yili minglab odamlar halok bölayotgan bir paytda, uquvsiz haydovçilarga “prava” sotişni tizimga aylantirganlar aniqlansa-da, ularga atigi “firibgarlik” bilan iş qözğatiladi xolos. Demak, zararni qoplasa, yaʼni pulini qaytarib bersa, qamalmaydi ham. Nima ham derdik, dura lex, sed lex.
👉 @xushnudbek 👈



