Ozodbek Yöldoşev quduqqa tuşib ketgan bolani qutqardi
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzЧироқчида қудуққа тушиб кетган 6 ёшли бола 1 сутка ичида қутқариб олинди Кеча, 12 июнь куни соат 14:00 ларда Қашқадарё вилояти Чироқчи туман “Лангар” қишлоғида…Tanib oling, kun qahramoni — Ozodbek Yöldoşev!
Quduqdan qutqarib olingan 6 yoşli bolakay haqida qöşimça maʼlumotlar eʼlon qilindi.
Unda aytilişiça, bolakayni qutqariş uçun quduqqa boşqa bir bola tuşirilgan. Maxsus qutqaruv operatsiyasida “Qalqama” mahallasida yaşovçi 109-sonli maktabning 8-sinf öquvçisi OZODBEK YÖLDOŞEV qutqaruvçi akalari va maxsus asbob-anjomlar yordamida quduqning tor tuynugidan mardonavor ötib, bolakayni olib çiqqan. Barakalla, Ozodbek! Ota-onangga rahmat!
FVV matbuot kotibi Murod Sodiqovning maʼlum qilişiça, 6 yoşli bolakay ham yoş bölişiga qaramay, körsatmalarni aniq bajargan, qörqmagan, arqonni özi beliga boğlagan.
Qutqaruvçilar uçun eng katta xavf – bolaning ustiga tuproq bosib qolişining oldi olingan va juda ehtiyotkorlik bilan harakat qilingan.
Barça qutqaruvçilarga, şuningdek Ozodbek Yöldoşevga katta rahmat! Ularni kamida davlat mukofoti bilan taqdirlaş kerak!
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 5159

