Pedagogika universiteti dekan örinbosariga hukm öqildi
Pedagogika universiteti “zamdekani” 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi
Bugun jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tuman sudida Pedagogika universitetida talabasining nomusiga tegiş va uni baland qavatdan itarib yuborişda ayblanayotgan dekan örinbosariga hukm öqildi.
Unga köra, dekan örinbosari B.Yu. Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) 1-qismi bilan aybdor deb topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo manzil-koloniyalarda ötalişi belgilandi.
Ammo dekan örinbosari nomusga tegiş holati böyiça aybsiz deb topildi. Sudlanuvçi B.Yu. Jinoyat kodeksining 25, 118-moddasi 1-qismida (nomusga tegiş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybsiz deb topilib, uning qilmişida jinoyat tarkibi bölmaganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi (reabilitatsiya uçun asoslar) 2-bandiga asosan reabilitatsiya qilindi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1274


