Jamşid Kenjayev işi böyiça sud hukmi çiqarildi
Jamşid Kenjayev işi. Ayblanuvçilarga hukm çiqarildi
Kun.uz xabar berişiça, Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida sportçi Jamşid Kenjayevning tungi klubda öldirilişi bilan boğliq voqea yuzasidan sud jarayoni yakunlandi va hukm çiqarildi.
Xususan, Şodali Qiliçov (1989-yilda Toşkent şahrida tuğilgan, Özbekiston fuqarosi, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 2-qismi «v», «j» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi va 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U jazoni qattiq tartibli koloniyada ötaşi belgilab qöyildi.
Şuningdek, Saidazim Kamoldinov (1994-yilda Farğona viloyatida tuğilgan, Özbekiston fuqarosi, muqaddam sudlanmagan), Alijon Hamrayev (1982-yilda Samarqand viloyatida tuğilgan, Özbekiston fuqarosi, muqaddam sudlangan) va Jahongir Yorqulov (1992-yilda Samarqand viloyatida tuğilgan, Özbekiston fuqarosi, muqaddam sudlanmagan) JK 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi.
Yuqoridagi uç nafar şaxsning har biriga 5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanib, ozodlikdan mahrum qiliş jazosini manzil-koloniyada ötaş belgilandi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
