Uçta OTM tanlaş tartibi qanday böladi

Matn12-mart, 2019, 14:162 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Uçta OTM tanlaş tartibi qanday böladi?

Keça töğridan-töğri efirga uzatilgan «Munosabat» tok-şousida kiriş imtihonlariga oid ayrim savollarga javob berildi.

Xususan, DTM vakili 3 ta yönalişni tanlaş tartibi qanday bölişiga oydinlik kiritdi.

«Masalan, abituriyent 1-yönalişga kontraktga, 2-yönalişga grantga, 3-yönalişga kontrakga kirdi, deylik. Bunday vaziyatda grantga kirgan 2-yönalişni tanlasa böladimi», degan mazmunda savol berildi.

Uşbu savolning javobi quyidagiça:

Abituriyentlar hujjat topşirayotgan paytda, 3ta yönalişni ustuvor ketma-ketlikda belgilaydi. Yaʼni birinçi, ikkinçi va uçinçi yönaliş sifatida qaysi OTMlarni tanlaganini oldindan belgilaşadi. Xuddi şu paytgaça harbiy imtiyozga abituriyentlar 2 ta OTMni tanlagani kabi.

Bunday vaziyatda abituriyent ustuvor yönalişga kira olmagan taqdirdagina keyingi yönalişda omadini sinab körişi mumkin. Agar xoh kontrakt, xoh grant bölsin, ustuvor yönalişga töplagan bali yetsa, unda keyingi yönalişlar uçun tanlovda iştirok eta olmaydi.

Ortiqça savollar bölmasligi uçun, misol tariqasida tuşuntiraman.

Aytaylik, farğonalik abituriyent tarix yönalişi böyiça quyidagi ketma-ketlikda OTMlarni tanladi deylik:

1-yönaliş: ÖzMU
2-yönaliş: Şarqşunoslik instituti
3-yönaliş: FarDU

Abituriyent test sinovlaridan 150 ball töpladi, deylik. Bu ball ÖzMUga kontrakt, TDŞI va FarDUga esa byudjetga yetarli bölsa, unda abituriyent qaysi birini tanlaşi mumkin? Şarqşunoslikning byudjetini tanlasa böladimi?

Yöq, bölmaydi! Bunday vaziyatda abituriyentda tanlov imkoniyati yöq, u ustuvor yönaliş sifatida 1-örinda ÖzMUni belgilagani uçun, şu yerning kontraktiga kirgan hisoblanadi, qolgan 2 yönaliş inobatga olinmaydi. Qaçonki u ÖzMUga yetarli ball töplay olmasagina, keyin Şarqşunoslik hisoblanadi. Agar abituriyent bali ÖzMU va Şarqşunoslikka yetarli bölmasagina, keyin FarDU inobatga olinadi.

Yaʼni ustuvor OTMga kira olmasagina, ball keyingisiga ötadi. Agar ustuvor OTMga yetarli ball töpladimi, tamom, u xoh budjet, xoh kontraktga kirgan bölsin, keyingi OTMlarga inobatga olinmaydi, şu yerda töxtaydi.

Xullas, kalom abituriyentga tanlov imkoniyati faqat hujjat topşiriş vaqtida beriladi xolos. Öşa paytda u OTMlar röyxati va ularning ketma-ketligini töğri tanlaşi kerak, test ötgandan keyin unda tanlov va özgartiriş imkoni bölmaydi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek