Taʼlimdagi eski kasallik: testga oz qolgandagi özgarişlar
Eski kasallik
Yuqoridagi özgarişlarda jurnalistika yönalişini töğri tuşuniş mumkin. Çunki uşbu yönalişlarda azal-azaldan kasbiy (ijodiy) imtihonlar ötkazilib kelinar edi. Ammo pandemiya sabab 2 yildan buyon noilojlikdan ijodiy imtihon testga almaştirilgandi. Endi şu yana öz holiga qaytdi.
Qolgan yönalişlardagi özgarişlarga şu sohadagi yetakçi OTMlardagi pedagog-mutaxassislarning fikri inobatga olingani aytilmoqda. Xöp, tuşunarli, zamon talabi bilan kasblardagi talab özgargan bölişi mumkin. Ammo nima uçun uşbu özgariş haqida avvalroq ogohlantirilmagan? Testga 2-3 oy vaqt qolganda özgarişlar kiritilişi qay darajada adolatli?
Masalan, ötgan yili oktabr oyida Yuridik universitetga öqişga kirişda fanlar majmuasi özgarişi, tarix örniga huquq fani kiritilişi, ammo bu özgariş 2 yildan keyin, yaʼni 2023-yildan joriy etilişi maʼlum qilingandi. Mana şunaqa uzoqni közlaydigan yöldan borilsa bölmasmidi? Yaʼni kamida 1 yil oldin muhim özgarişlar haqida ogohlantiriş kerakmasmidi?
Töğri, bu yerda bir neçta argumentlar bor.
Birinçi argument, hamma abituriyent bir xil imkonga ega, yaʼni kimgadir fan özgarib, kimgadir eski fan saqlab qolinmagan. Hammaga bir xil özgardi.
Ha, bu gapda jon bor. Ammo aynan mana şu bir xil imkoniyatning özi adolatsizlik hisoblanadi. Yaʼni avval boşqa fanga eʼtiborni köproq qaratib, sidqidildan öşa fanni öqigan abituriyentlar bilan, qöl uçida öqiganlarning imkoniyati deyarli tenglaşib qoldi.
Ikkinçi argument, savollar faqat maktab darsligidan böladi, maktabda yaxşi öqigan bölsa, nima muammo?
Ha, bu ham mantiqan töğri. Ammo maktablardagi öqitiş sifati hali talab darajasiga kötarilmagan bir şaroitda, "biz istalgan payt, istalgan fanni özgartira olamiz, kerak bölsa öqigin" deyiş ham unçalik töğri emas.
Uçinçi argument, özgarişlar juda kam yönalişlarda böldi, eʼtibor qilişga arzimaydi. Juda norozi bölsa, ana, özi yaxşi öqigan fani böyiça boşqa yönalişga topşirsin.
Töğri, 461 ta yönaliş içida özgarganlari sanoqli, umuman olganda, ahamiyat bermasa ham böladigandek göyo. Ammo özimiz yoşlardan köp norozi bölamiz, bir tayinli kasbni egallaş böyiça aniq maqsadi yöq, şoxdan-şoxga sakrab yurişadi, qaysi sohani egallaşi qiziqmas, öqişga kirvolsa böldi, deymiz. Biroq yana özimiz aniq kasbni maqsad qilgan kam sonli yoşlarning oyoğiga bolta urib, kutilmagan özgarişlar qilib, "yoqmasa, ana bor, boşqa yönalişga topşir" deymiz. Bu sizlarga ğalati körinmayaptimi, hurmatli masʼullar?
Xullas, bu taʼlim tizimiga tekkan eski kasallik. Yaʼni jiddiy özgarişlar doim qisqa vaqt qolganda maʼlum qilinadi. Kutilmaganda aholi örtasida şok paydo qiladigan qarorlar qabul qilinadi. Mana şu qarorlarga oldindan tayyorlaş, ogohlantiriş, tuşuntiriş degan narsalar yöq. Bu taʼlim sohasida, ayniqsa qabul jarayonlarida byurokratiyaning hissasi katta ekanligidan dalolat. Vazirlik köp masalada özi mustaqil qaror qabul qila olmaydi, DTM mustaqil harakat qilolmaydi. Yil boşida kelişilgan biror kiçik özgarişlarni tasdiqlatgunça, yil yakunlab qolgan böladi.
Ha, töğri, yana aytişingiz mumkin, taʼlim şoşqaloqni yomon köradi, şoşilib qabul qilingan qaror, taʼlimga salbiy taʼsir ötkazişi mumkin, öşançun yetti yuz marta ölçab, keyin kesamiz, deb. Töppa-töğri. Siz haqsiz. Ammo bir savol: agar taʼlim şoşqaloqni yomon körsa, unda nega testga 3 oy qolganda bunday özgarişlar qilindi? Şuni keyingi yildan qilsa bölmasmidi? A, labbay?
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1576

