Ayrim yönalişlarda fanlar majmuasi özgartirildi
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0tahrirlanganJoriy yilda ayrim yönalişlarda fanlar majmuasi özgartirildi
Xabaringiz bor, kuni keça Davlat qabul komissiyasining bayoni bilan joriy yilgi test sinovlarida qöllaniladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi. Fanlar majmuasida ötgan yilgiga nisbatan ayrim yönalişlarda özgarişlar kuzatilgan.
Rasmiylar bergan maʼlumotlarga köra, jami 461 ta yönalişning 7%ida fanlar majmuasi örni almaşgan, yaʼni birinçi fan ikkinçiga aylangan va aksinça. 2,8% yönalişda esa bitta fan özgargan. Faqat bitta yönalişda 100% özgariş bölgan, yaʼni Biotibbiyot muhandisligi yönalişida ikkala mutaxassislik fani ham almaşgan.
❓Qaysi yönalişlarda qanday özgariş böldi?
Fanlar majmuasini tahlil qilib çiqib, quyidagi özgarişlarni kördim. Balki yana birortasi qolib ketgandir, aniqlansa qöşib qöyaman.
5313000 Biotibbiyot muhandisligi
✅ Joriy yil: fizika va matematika
❌ Ötgan yili: biologiya va kimyo
***
5313400 Geodeziya va geoinformatika
5311500 Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari böyiça)
5311501 Geodeziya, kartografiya va kadastr (quriliş)
5140800 Geologiya (faoliyat sohasi böyiça)
5311301 Kadastr (köçmas mulk kadastri)
5311300 Kadastr (faoliyat turlari böyiça)
5311302 Kadastr (hududlar davlat kadastri)
✅ Joriy yil: matematika va fizika
❌ Ötgan yili: matematika va geografiya
***
5340202 Bino va inşootlar qurilişi (transport binolari)
✅ Joriy yil: matematika va fizika
❌ Ötgan yili: matematika va çet tili
***
5111200 Özbek tili va adabiyot
✅ Joriy yil: özbek tili va adabiyot hamda çet tili
❌ Ötgan yili: özbek tili va adabiyot hamda tarix
***
Jurnalistika yönalişlari
✅ Joriy yil: kasbiy (ijodiy) imtihon hamda çet tilidan test
❌ Ötgan yili: ona tili va adabiyot hamda çet tili (ikkalasi ham test)
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 871

