Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Sardoba fojiasi aybdorlariga sud hukmi öqildi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

⚡️Sardoba fojiasi aybdorlariga sud hukmi öqildi

Bugun, 10-may kuni Oliy sudning Jinoyat işlari böyiça sudlov hayʼatida “Sardoba” suv omboridagi halokat böyiça 17 kişiga sud hukmi öqildi:

➖“Öztemiryölqurilişmontaj” UK boş direktorining örinbosari – Gidrotexnik inşootlar quriş direksiyasi boşliği lavozimida işlagan M.Xolmatovga 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan boğliq lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi;

➖“UzGIP” MÇJ Istiqbolli loyihalarni rejalaştiriş bölimi boşliği lavozimida işlagan S.Rudnevga 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan boğliq lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş va bazaviy hisoblaş miqdorining 600 baravari miqdorida (133,8 mln söm) jarima jazolari tayinlandi.

➖“Sirdaryo suv quriliş invest” DUK rahbari lavozimida işlagan S.Abdunazarovga 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan boğliq lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş va BHMning 600 baravari miqdorida (133,8 mln söm) jarima jazolari tayinlandi;

➖“TO’PALANG HDP IRRIGATION SYSTEMS” (sobiq “Töpalang Şerobod” ŞK) UK rahbari lavozimida işlagan B.Asadovga 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş va BHMning 600 baravari miqdorida (133,8 mln söm) jarima jazolari tayinlandi;

➖ “TO’PALANG HDP IRRIGATION SYSTEMS” (sobiq “Töpalang Şerobod” ŞK) UK işlab çiqariş bölimi boşliği lavozimida işlagan L.Tojiddinovga BHMning 600 baravari miqdorida (133,8 mln söm) jarima jazosi tayinlanib, dastlabki qamoqda saqlangan 70 kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasi tartibida tayinlangan jazodan çegirilib, ötaş uçun 125,2 mln söm jarima jazosi qoldirildi.

➖“TO’PALANG HDP WATER CONSTRUCTION” (sobiq “Rezaksoy suv quriliş”) UK direktori lavozimida işlagan K.Röziyevga 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qilgan holda BHMning 600 baravari miqdorida (133,8 mln söm) jarima jazosi tayinlanib, dastlabki qamoqda saqlangan 296 kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasi tartibida tayinlangan jazodan çegirilib, ötaş uçun 97,5 mln söm jarima jazosi qoldirildi.

Va boşqalarga nisbatan ham Jinoyat kodeksiga muvofiq tegişli jazolar tayinlandi.

Manba

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek