Diana Yenikeyeva ölimida aybdor şaxslarga hukm öqildi

Matn14-may, 2018, 18:362 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Samarqandlik öqituvçi Diana Yenikeyevaning bevaqt ölimiga sababçi bölgan şaxslar jazoga tortildi. Jumladan:

👉 Samarqand viloyat sudining hukmiga binoan, Kattaqörğon tuman hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari lavozimida işlab kelgan Muzaffarov Musoxon Najmitdinoviç hamda Kattaqörğon tuman xalq taʼlimi bölimi mudiri Jumanazarov Alişer Saloxiddinoviçlar Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi böyiça (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) aybdor deb topilgan.

👉 Aybdor deya topilgan ikkala mansabdor şaxsga ham Jinoyat kodeksi 45-moddasini qöllab, 1 (bir) yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda iş haqining 20 foizini davlat foydasiga uşlab qolgan holda 2 (ikki) yil muddatga ahloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan.

👉 Jinoyat işlari böyiça Kattaqörğon tuman sudining 2018-yil 1-maydagi hukmiga köra, davlat raqam belgisi 30Y275JA bölgan “Kamaz” rusumli yuk avtomaşina haydovçisi Elmurodov Akromjon Bozoroviçga Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismiga asosan 3 (uç) yil muddatga transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qilinib, 6 (olti) yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

👉 Şuningdek, jabrlanuvçi A.Yenikeyev (Diananing otasi – tah.) tomonidan kiritilgan daʼvo arizasi qisman qanoatlantirilib, A.Elmurodov hisobidan jabrlanuvçi A.Yenikeyev foydasiga 19 mln 782 ming 500 söm moddiy hamda 25 mln söm maʼnaviy zararlar undiriş belgilangan.

👉 Sudning hukmiga köra, jinoyat işining Samarqand viloyat IIB IQXB xodimlariga oid qismi alohida ajrim bilan material tariqasida ajratilib, tuman prokuraturasiga yuborilişi belgilangan.

👉 Jinoyat işlari böyiça Kattaqörgon tuman sudi tomonidan çiqarilgan hukmdan norozi bölgan mahkum A.Elmurodov va uning himoyaçisi tomonidan apellyatsiya tartibida şikoyat arizasi 2018-yil 4-may kuni berilgan hamda uşbu şikoyat rasmiylaştirilib, jinoyat işi apellyatsiya sudlov hayʼatida köriş 2018-yilning 22-may kuniga tayinlangan.

Manba: https://kun.uz/38748468

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

  • 👍 9
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek