San’at Umarovga sud hukmi o‘qildi

Matn21-noyabr, 2018, 16:571 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Sanʼat Umarovga sud hukmi öqildi

Jinoyat işlari böyiça Samarqand viloyat sudida öğrilikda gumon qilingan ayolni yeçintirib, videoga olgan Kattaqörğon şahar IIBning sobiq xodimi Sanʼat Umarov ustidan hukm öqildi, deya xabar bermoqda Kun.uz.

Sud S.Umarovni Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) 1-qismi, 235-moddasi (qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllaş) 2-qismi «a», «z» bandlarida va 241-1 moddasida (jinoyatni hisobga olişdan qasddan yaşiriş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda aybdor deb topdi.

Unga 3 yil mansabdorlik lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilingan holda (yaʼni, u ozodlikka çiqqanidan keyin 3 yil davomida davlat işida işlay olmaydi), 6 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi hamda jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaşi belgilandi.

Jazo muddati 5-iyuldan, yaʼni Sanʼat Umarov hibsga olingan kundan boşlab hisoblanadi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Rahbar xonasidagi ehtimoliy yozuv haqida hazil

    01 daqiqa

  2. Rahbarning xonasidagi eslatma

    01 daqiqa

Yana oʻqing