Tadbirkor va hokim örinbosari işi böyiça hukmga munosabat

Matn18-oktabr, 2019, 19:012 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Muştariylardan savol: «Nega tadbirkor qamaldiyu, hokim örinbosari jarima bilan qutuldi?»

Köpçilik nega tadbirkor qamaldi, hokim örinbosari qamalmadi, degan savolni berişmoqda.

Ozodlikni çeklaş - bu qamaliş emas. Köpçilik ozodlikdan mahrum qiliş jazosi bilan adaştirmoqda.

Ozodlikni çeklaş jazosi, bu jaydari tilda aytganda - uy qamoği. Lekin bunda ham har doim mahkumni kun davomida uyiga qamab qöyişar ekan, umuman uyidan çiqarmaskan, deb öylamaslik kerak.

Jinoyat kodeksining 48-1-moddasiga binoan, ozodlikni çeklaş jazosi sutkaning muayyan vaqtida yaşaş joyidan çiqişni çeklaşdan iborat bölişi ham mumkin. Masalan, keçki soat 20:00-dan ertalabki 8:00-gaça yaşaş joyidan çiqişni çeklaşadi. Kunduz kuni esa bemalol erkin harakatlanaveradi. Katta ehtimol bilan tadbirkor Bahriddin Isamovga ham şunga öxşaş çeklov örnatilgan bölsa kerak (Oliy sud xabarida bunga aniqlik kiritilmagan).

Aslida tadbirkor aybdor deb topilgan jinoyat (98-modda, kuçli ruhiy hayajonlaniş holatida qasddan odam öldiriş) böyiça qonunçilikda 2 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi közda tutilgan. Yaʼni tadbirkorga uşbu modda sanksiyasida nazarda tutilgan eng yengil jazoni berişibdi. Menimça, tadbirkorga nisbatan adolatli hukm çiqarilgan. Har holda tirik insonning ustiga benzin quyib yoqib yuborişni har qanday vaziyatda ham oqlab bölmaydi.

Endi hokim örinbosariga masalasiga kelsak. Ayrimlar «uni qamaş kerak edi», deyişmoqda. Bu fikrga ham unça qöşilmayman. Hokim örinbosari juda va juda notöğri iş qildi, bu şubhasiz. Ammo hammani qamayvermaslik kerak, aslida. Bu davlat byudjeti uçun ham qöşimça zarar, jinoyatçini bir neça yil boqiş kerak böladi. Va bunaqa qilmişlar uçun qamalgan bilan biror narsa özgarib, jamiyatga foyda kelib qolmaydi. Ozodlikdan mahrum qiliş jazosini öta oğir jinoyatlar uçun qöllayveriş kerak.

«Mayli, qamoq bölmasin, lekin heç bölmasa hokim örinbosariga ham ozodlikni çeklaş jazosini qöllagan maʼqulmikin», deguvçilar ham topilsa kerak. Ularning gapida ham jon bor, inkor etmayman. Ammo mansabdor şaxsning qilmişi tufayli özgalarga eng avvalo moddiy zarar yetgan, demak uning özidan ham katta miqdorda jarima oliş, unçalik ham mantiqsiz qaror emas. Mol aççiği, jon aççiği deganlariday...

Har ne bölganda ham, uşbu voqealar boşqalarga ham örnak bölib, bu kabi köngilsiz va noxuş holatlar qayta sodir etilmaydi, degan umiddamiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek