Tuhmat uçun qonunçilikda belgilangan jazolar
Tuhmatçiga qanday jazo bor?
KunUz'ning bayonotini öqidingiz. Ular Olmazor tuman hokimi örinbosari A.Vahobov jurnalistga tuhmat qilganini, bunga yetarli dalillari borligini maʼlum qilişdi.
Bu yerda kim haq, kim nohaq - bilmayman. Barçasi tegişli tergov, suriştiruv va sud jarayonlarida aniqlanadi, degan umiddaman.
Şunçaki, maʼlumot uçun qonunçiligimizda bunday tuhmat uçun qanday jazo borligini eslatib ötmoqçiman.
1. «Zamhokim» videointervyuda Kun.uz jurnalisti yer olişda yordam berişini iltimos qilib, evaziga katta miqdorda pora bermoqçi bölganini aytdi;
2. Hokimiyat vakiliga pora beriş Jinoyat kodeksining 211-moddasi böyiça oğir jinoyat hisoblanadi;
3. Demak, «zamhokim» jurnalistni oğir jinoyat qilmoqçi bölganlikda ayblayapti;
4. Agar yakunda bu gap tuhmat bölib çiqsa, unda Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoiy javobgarlikka tortişga sabab bölişi mumkin.
5. Bunga köra, oğir yoki öta oğir jinoyat sodir etişda ayblab qilingan tuhmat qilgan şaxs 1 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Barçasini vaqt körsatadi. Voqealar rivojini kuzatamiz.
👉 @xushnudbek 👈
