Test sinovlarining barça natijalari eʼlon qilindi
Test sinovlarining barça natijalari eʼlon qilindi
#abituriyent
DTM bergan xabarga köra, 15-avgustda bölgan test natijalari ham eʼlon qilinibdi. Demak, bu degani - 29-iyuldan 15-avgustga qadar bölib ötgan barça test sinovlarining natijalari maʼlum böldi.
Xöş, bu nimani anglatadi? Demak, endi mandat.dtm.uz saytidagi röyxat boşqa özgarmaydi.
Qissadan hissa, hozir asosiy kvota böyiça öqişga kirganlar röyxatida turganlar, yakuniy natijalarni kutib ötirmasdan, talabalikni allaqaçon nişonlayversa böladi (beçora qöçqorlar...).
Çunki hozir abituriyentlar uçala tanlagan yönalişlari böyiça barça röyxatda turişibdi, bu degani uşbu röyxatdan kimdir çiqib ketsa ketadiki, lekin boşqa yönalişdan baland ball olgan begonalar röyxatga kelib qöşilmaydi. Agar mabodo birorta favqulodda vaziyat bölib qolmasa (xuddi sönggi daqiqalarda kutilmaganda Farğonadagi «Temurbeklar maktabi»ni bitirganlarga imtiyoz berilgani hisobidan, harbiy OTMlarda yetarli ball olganlar ham öqişga kirolmay qolib ketganidek), unda hozir röyxat böyiça öqişga kirganlar albatta talaba böladi. Aksinça, hozir kontraktni boşida turganlar yakunda byudjetga kötarilişi ham mumkin.
Kira olmaganlarçi? Ular umid qilsa böladimi?
Ha, böladi. Lekin ular hozirdan aniq bila olmaydi. Ular yaxşisi sabr bilan, duo qilib kutişsin. Negaligini mana bu yerda öqiysiz: https://t.me/xushnudbek/2799
Barça talaba bölganlarni tabriklayman!
Talabalikka yaqin turganlarga esa omad tilayman!
Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈


