Öqişni köçiriş: talabalarning 72 foizi yiqildi

Foto22-sentabr, 2021, 20:001 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Xorijdan öqişini köçirmoqçi bölganlarning 72 foizi ötiş balini ololmadi, 50 foizi esa 56,7 balldan past töpladi

DTMning xabar berişiça, öqişini xorijiy davlatlardagi OTMlardan Özbekistonga köçiriş böyiça test sinovlarida iştirok etiş uçun 87 ming 486 nafar talabaga ruxsat berilgan.

Öqişni köçiriş uçun ötiş bali ança past belgilangan bölsa-da, talabgorlarning 72 foizi minimal talabni bajara olmagan.

Atigi 6,3% talaba 100 balldan köproq ball ololgan. OTMlarning juda katta qismida ötiş bali sifatida belgilangan 66,1 ballni esa jami 30% talaba töplay olgan.

Test sinovida iştirok etgan talabgorlarning 50 foizdan ortiği 56,7 ball (maksimal ballning 30 foizini) ham töplay olmagan.

Şunga köra, DTM ota-onalarga murojaat qilib, xorijga imtihonsiz öqişga olib kirib, 1 yildan keyin osongina “perevod” qilib berişga vaʼda berayotgan firmalarga işonmaslikka çaqirdi.

Avvalroq bakalavr bosqiçi uçun testga kirgan 892 ming abituriyentning 36,8 foizi 56,7 ballni ham töplay olmagani haqida xabar bergandim.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek