Şavkat Mirziyoyev tibbiy taʼlim sifatini tanqid qildi
Yomon öqigan injener traktorni buzadi, yomon öqigan şifokor odamni öldiradi — Şavkat Mirziyoyev
Xorazmlik saylovçilar bilan uçraşuvda Şavkat Mirziyoyev tibbiy taʼlim sifatidan mutlaqo norozi ekanligini aytdi.
“Afsuski tibbiyot oliygohlaridagi ahvol qoniqarli emas. Faqat diplom uçun öqişadi, 6-7 yil öqib çiqsa ham, yetarli tajriba va bilimga ega bölmaydi. Hatto oddiy ukol qilişni bilmaydi ayrimlari.
Endi unaqa bölmaydi. Talabalar yuqori kursga ötganda, diplom olişidan avval 1 yil qişloq vraçlik punktlariga borib, işlaydi. Iş örganadi. Xalqqa xizmat qiladi.
Öqişni ham qiyin qilamiz, faqat diplom uçun öqitadigan davrlar ötdi endi. Özingiz öylang, yomon öqigan injener traktorni buzadi, yomon öqigan şifokor esa odamni öldiradi.
Toşkent tibbiyot akademiyasining Urganç filiali mustaqil oliygohga aylantiriladi. Oliygoh hududida Neyroxirurgiya markazining filiali taşkil etiladi”, - dedi Şavkat Mirziyoyev.
👉 @xushnudbek 👈



