Tibbiyot yönalişida öqişni köçirişga ruxsat berildi

Matn7-fevral, 2020, 20:252 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Tibbiyot yönalişlariga "perevod" böyiça

Keçadan buyon qöşni davlatlarda öqiyotgan talabalar halovatini yöqotgan. Ular eʼlon qilingan yangilikdan öziga kela olmayapti va tuşimmi-öngimmi deb yurişibdi.

Gap şundaki, qöşni davlatlar (asosan Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston)da öqiyotgan özbekiston fuqarolari yurtimizga öqişini heç bir imtihonsiz köçirişiga ruxsat berildi. Avvalroq taʼkidlaganimizdek, buni ommaviy «evakuatsiya» desa ham böladi.

Aytişlariça, Prezident portaliga öqişni köçiriş böyiça kelib tuşgan juda köplab şikoyat va murojaatlar natijasida şaxsan davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev qöşni davlatlardagi talabalarni Özbekistonga qaytariş böyiça topşiriq bergan ekan.

Şu xabarlar fonida tibbiyot sohasida öqiyotgan talabalar "bu qaror bizga taalluqli emasmi?" deya juda köp savol berişmoqda. Sababi Oliy va örta maxsus taʼlim vazirining 6-fevraldagi 92-sonli buyruğida «tibbiyot oliy taʼlim muassasalaridan boşqa» degan jumla bor. Şunga ayrim manbalar "tibbiyotdagilar perevod qilolmas ekan" degan gap tarqatişmoqda.

Biroq bu gaplar notöğri. Soğliqni saqlaş vazirligi bilan boğlanib, vaziyatga oydinlik kiritdik. Vazirlik mutasaddilarining taʼkidlaşiça, qöşni davlatlardan öqişni imtihonsiz köçiriş jarayoni tibbiyot oliygohlariga ham taalluqli. Hujjatlar hududiy komissiyalar taşkil etilgan OTMlarda qabul qilinadi (röyxat pastdagi suratda). Faqat sohaning öziga xosligidan kelib çiqib, tibbiyot yönalişi uçun alohida komissiya faoliyat yuritadi.

Unda nima uçun Oliy taʼlim vazirining buyruğida bunday jumla bor? Sababi tibbiyot oliygohlari Soğliqni saqlaş vazirligi tizimiga kiradi. Oliy taʼlim vazirining buyruği bilan taşkil etilgan işçi guruhlar faqat şu vazirlik tizimidagi OTMlar uçun hujjatlarni qabul qiladi. Tibbiyot oliygohlari uçun esa Soğliqni saqlaş vazirining buyruği bilan taşkil etilgan işçi guruhlar hujjatlarni qabul qilib oladi. Tez orada Soğliqni saqlaş vazirining buyruği ham eʼlon qilinar ekan.

Xulosa şuki, qöşni davlatlarda tibbiyot yönalişida öqiydigan talabalar ham bemalol öqişini Özbekistonga köçira oladi.

Barçaga omad tilayman!

P.S.: keça Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi öqişni köçiriş jarayoni oçiq va bepul bölişi, pul evaziga öqişini köçirib berişni taklif qilayotgan firibgarlarga işonmaslik kerakligi haqida ogohlantiriş bergan edi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek