Xushnudbek.uz muallifining juma kungi murojaati va duo sörovi

Matn7-fevral, 2020, 17:242 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Duo qiling...

Bugun – juma. Balki bu kimlargadir öta ğalati yoki eriş tuyulsa ham, Sizlardan şunçaki duo söramoqçiman.

Köpçilik «katta auditoriyang bor, seni rahbarlar ham öqiydi, mazza bölsa kerak» deydi. Balki bu rostdan mazzadir, ammo masʼuliyati şu darajada oğirki, yelkadan bosib, ruhan ezib taşlaydi odamni. Xato qilişdan xavotirlanasiz, sababi xatongizni kutib yaşayotganlar köpligini aniq bilasiz.

Auditoriya kölami xuddi dorboz yuradigan dorga öxşaydi. Dorboz ham qança baland dor ustida yurişni boşlasa, şunça xavf ortaveradi, ehtiyotkorlik, sergaklik karrasiga oşib ketadi, harakati sekinlaşib qoladi. Har bir qadamini öylab bosişga majbur böladi. Buni kimdir aytişi, örgatişi şartmas, şunçaki vaziyatning özi şunga majbur qiladi.

Sababi dorboz xato qilsayu, 2 metrlik dordan yiqilsa, buning qörqinçli joyi yöq, kiyimidagi çangni qoqib, yana dorga çiqib ketaveradi. Ammo 50-100 metrlik dordan yiqilsa, dorboz çilparçin bölib ketişi mumkin. Buni hamma yaxşi anglaydi, tomoşabin ham, dorboz ham.

Xöş, şunday xavf bor ekan, unda dorboz nima qiladi öşa balandlikka çiqib, özini qiynab, xavf ostiga qöyib, jimgina pastroqda yuraversa yoki umuman dorbozlikni taşlasa bölmaydimi?

Yöq, unaqa qila olmaydi, çunki dorbozlik uning hayoti, u pastda jim tura olmaydi, dorning xumori tutadi, şu dorda yurişni burçi deb biladi, boşqaça hayotni tasavvur qilolmaydi. Qaçondir birgina notöğri qadami, uning boşini yeyişi mumkinligini juda yaxşi biladi. Baʼzan qiynalib ketgan paytlari «ikkinçi bu dorga çiqmayman, zarilmi menga» deb qasamlar ham içadi. Ammo yangi tong otib, kun boşlanişi bilan, hamma uni yana dorning ustida, qölida langarçöp bilan yurayotganini köradi. Çunki u tuğilganidayoq dorboz bölib dunyoga kelgan...

Bu gaplarni şunçaki aytgim keldi va Sizlardan duo olişni istadim xolos, qandaydir sabab yoki xavotirli voqea bölgani yöq. Menda hammasi joyida, Xudoga şukr, uşbu postni notöğri talqin qilmasligingizni sörardim.

Duo qiling, Alloh har birimizni xalqning nafratiga duçor bölişdan özi asrasin.

Duo qiling, agar oşkor bölsa, şarmanda böladigan xato va gunohlarimiz köp, Yaratgan bunday şarmandalikdan saqlasin.

Duo qiling, yaxşilik va xayrli işlar qilişga yetadigan kuç va imkoniyatlarimiz bor, Özi şunday yaxşiliklarga hamroh qilsin.

Va eng asosiysi, Duo qiling, Alloh töğri yölimizdan heç qaçon adaştirmasin.

Duolaringiz uçun rahmat.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek